O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

 
Huquqiy tabiati 
Ma’muriy huquqning predmetidan kelib chiqadigan bo‘lsak, ma’muriy reja 
(dastur, konsepsiya, nizom va hokazo) va huquqning o‘zaro munosabati muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ma’muriy rejalar mazmuniga ko‘ra jismoniy shaxslarning huquq 
va manfaatlariga ta’sir qilishi yoki qilmasligiga ko‘ra ularning huquqiy tabiati 
belgilanadi.
Ma’muriy reja va ma’muriy yustitsiya 
Ma’muriy yustitsiyaning ikki shakli mavjud: a) ma’muriy sud yurituvi (tor 
ma’nodagi ma’muriy yustitsiya); b) davlat kompensatsiyasi.
Ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) ma’lum bir yuridik aktning yuridik 
kuchini bekor qilishga yoki haqiqiy emas deb topishga qaratilgan bo‘ladi. Bunday 
tartib O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi 3-kichik bo‘limi – 
1
Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou» Houritsubunkasha. 2010. – P.80. 


69 
«Davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-
harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish»da 
o‘rnatib qo‘yilgan.
1
FPK 266-moddasi, aniqrog‘i, 269-moddasining 3-qismida 
«Shikoyat huquqlari va erkinliklari buzilgan fuqaro… tomonidan berilishi 
mumkin»ligi ta’kidlangan. Buning ma’nosi shuki, shikoyat qilish momenti (payti)da 
fuqaroning huquqlari buzilib bo‘lgan yoki haqiqatda buzilish fakti mavjud bo‘lishi 
kerakligini anglatadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi FPKning 264-
moddasi umumiy tuzilishiga va boshqa MDH davlatlari (xususan, Rossiya 
Federatsiyasi) qonunchiligiga qaralsa, fuqarolar tomonidan keltirilishi mumkin 
bo‘lgan 
shikoyatning 
obyekti 
faqat 
individual 
ma’muriy 
aktning 
g‘ayriqonuniyligigina bo‘lishi mumkin.
Jumladan, Rossiya Fuqarolik protsessual kodeksi 245-moddasi fuqarolarning 
normativ-huquqiy aktlarni nizolashishini davlat organlarining individual qarorlarini 
nizolashishdan alohida qilib o‘rnatib qo‘ygan. Quyida keltiriladigan moddani o‘qing 
va muallif tomonidan ajratib ko‘rsatilgan qismlarga e’tibor bering.
Статья 245. Дела, возникающие из публичных правоотношений 
Суд рассматривает дела, возникающие из публичных правоотношений: 
по заявлениям граждан, организаций, прокурора об оспаривании 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling