O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy 
asoslari 
Ta’kidlash joizki, ma’muriy tekshirishga ma’muriy organlar amalga oshiradigan 
axborot yig‘ish (to‘plash)ning har qanday ko‘rinishi kiradi. Faqat buning uchun 
tekshirish adresat, ya’ni jismoniy yoki yuridik shaxsga nisbatan u yoki bu 
mazmundagi individual ma’muriy qaror (individual ma’muriy akt) chiqarishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Shu bois ma’muriy organlarning ichki ma’muriy reja 
1
O‘zbekistinda ma’muriy tekshirishlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: tadbirkorlik subyektlarini 
tekshirish (rejali, rejadan tashqari va b.), fuqarolar tomonidan ijtimoiy ta’minot olish paytida amalga oshiriladigan 
tekshirishlar, soliq, bojxona tekshirishlari, sanitariya, yong‘in xavfsizligi organlari tomonidan amalga oshiriladigan 
tekshirishlar va hokazo. 


85 
(konsepsiya, dastur va hokazo), umumiy (huquqiy yoki texnik) xarakterdagi 
ma’muriy akt qabul qilish uchun amalga oshiradigan yoki ma’muriy organning quyi 
bo‘g‘inida qonuniylik va ichki intizomga rioya qilinishini tekshirish uchun amalga 
oshiriladigan ichki xizmat tekshiruvlari ham ma’muriy huquqning ma’muriy 
tekshirish mavzusiga kirmasligini yana bir bor ta’kidlash o‘rinli.
1
Yuqoridagi fikrdan kelib chiqsak, ma’muriy tekshirishga nafaqat tadbirkorlik 
subyektlariga nisbatan o‘tkaziladigan turli shakllardagi tekshirishlar, balki 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmayotgan jismoniy va yuridik shaxslarga 
nisbatan o‘tkaziladigan tekshirishlar ham kirishini anglab olish mumkin. Bundan 
tashqari, ma’muriy tekshirishlar nafaqat adresatning turgan joyiga borib, balki 
adresatdan kerakli hujjat va ko‘rsatmalarni, dalil va isbotlarni talab qilish, turli sinov 
va imtihonlarni amalga oshirish bilan ham o‘tkaziladi. Bernard Schwartz, Roberto L. 
Corrada o‘z kitobida ko‘rsatib o‘tganidek, asosiy massadagi axborot yig‘ish 
ma’muriy organ talabiga binoan adresat tomonidan ixtiyoriy tarzda (davlat 
majburlov-hokimiyat kuchini ishlatmasdan) amalga oshiriladi
2
, majburiy xarakterga 
ega bo‘lgan tekshirishlar, odatda, istisno tarzida, juda kam qo‘llaniladi. 
Lekin O‘zbekiston Respublikasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va 
tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan ma’muriy to‘siq 
(baryer)larni bartaraf etish borasidagi tadbirlar
3
asosida asosan tadbirkorlik 
subyektlarini ma’muriy tekshirishning huquqiy asoslari batafsil yoritib berilgan. 
Tadbirkorlik subyektlarini ma’muriy organlar tomonidan tekshirishning huquqiy 
asoslari, avvalo, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tekshirishlarni tartibga 
solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi Farmoni (PF-1503, 08.08.1996
4
)dan boshlangan. Undan so‘ng 
1
Ushbu fikrning asoslarini mavzuning kirish qismidan yana bir bor aniqlashtirib olishingiz mumkin. 
2
Bernard Schwartz, RobertoL. CorradaAdministrative Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.147. 
3
Qarang: «Изучение деятельности контролирующих органов республики показало низкую ее эффективность, 
зачастую, поверхностный характер проводимых на предприятиях и в организациях многочисленных проверок, 
препятствующих нормальной работе как государственных, так и предпринимательских структур» («Ўзбекистон 
Республикаси Президенти Девонининг назорат инспекцияси ва унинг жойлардаги бўлинмалари ролини 
ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида» Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармойиши (№Ф-574, 
қабул қилинган сана 08.11.1995, кучга кириш санаси 08.11.1995). 
4
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Tекширишларни тартибга солиш ва назорат қилувчи органлар 
фаолиятини мувофиқлаштиришни такомиллаштириш тўғрисида»ги Фармони (№ПФ-1503, қабул қилинган сана 
08.08.1996, кучга кириш санаси 08.08.1996). 


86 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni 
tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida»gi Farmoni (PF-2114, 
19.11.1998)
1
va muvofiqlashtiruvchi kengash nizomi ilovaga muvofiq qabul 
qilingan.
2
Shundan keyin «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat 
tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (№717-I, 
24.12.1998)
3
qabul qilindi. Shuningdek, 2000-yil 25-mayda «Tadbirkorlik faoliyati 
erkinligining 
kafolatlari 
to‘g‘risida»gi 
Qonun
4

O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining bir qator qaror, farmonlari va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni 
yanada 
qisqartirish 
va 
uning 
tizimini 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmoni (№PF-3665, qabul qilingan sana 05.10.2005, kuchga kirish 
sanasi 05.10.2005). 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
«Tadbirkorlik 
subyektlarini 
tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish 
tizimini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
Farmoni (№PF-4296, qabul qilingan sana 04.04.2011, kuchga kirish sanasi 
04.04.2011). 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish 
yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni (№PF-
4725, qabul qilingan sana 15.05.2015). 
«Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va tekshirishlarni 
ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Хўжалик юритувчи субъектларни текширишни ташкил қилишни 
тартибга солиш тўғрисида»ги Фармони (№ПФ-2114, қабул қилинган сана 19.11.1998, кучга кириш санаси 
19.11.1998). 
2
PF-2114 haqida qarang: Hojiyev E. O‘zbekiston Respublikasida soliq nazorati // Davlat va huquq. 2003. №2 (14). – 
B.29.
3
«Хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятини давлат томонидан назорат қилиш тўғрисида» Ўзбекистон 
Республикасининг Қонуни (№717-I, қабул қилинган сана 24.12.1998, кучга кириш санаси 20.01.1999) // 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1999. №1. 8-модда; 2000. №5 – 6. 153-модда; 
2001. №1 – 2. 23-модда; Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 2004. №25. 287-модда; №51. 
514-модда; 2006. №12 – 13. 100-модда; 2007. №50 – 51. 506-модда; 2008. №52. 513-модда; 2010. №37. 314-
модда; №51. 485-модда; 2011. №37. 374-модда; 2013. №1. 1-модда; №41. 543-модда; 2014. №20. 222-модда. 
4
«Тадбиркорлик фаолияти эркинлигининг кафолатлари тўғрисида» (янги таҳрири) Ўзбекистон 
Республикасининг Қонуни (ЎРҚ-328-сон, 02.05.2012) // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами. 
2012. №18. 201-модда; 2013. №18. 233-модда; №41. 543-модда; 2014. №49. 579-модда. 


87 
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining buyrug‘i (№1650, qabul qilingan sana 
29.12.2006, kuchga kirish sanasi 08.01.2007; hujjat 17.11.2011 dan kuchini 
yo‘qotgan. Qarang: «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda tekshirish o‘tkazish va 
tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni 
tasdiqlash haqidagi buyruqni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida» 
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 245-mh-son 
buyrug‘i (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-noyabrda 
ro‘yxatdan o‘tkazilgan, №1650-1). 
«Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirkorlik subyektlari – 
yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida 
nizomni tasdiqlash haqida» Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi 
respublika kengashining qarori (№ 1573, qabul qilingan sana 06.05.2006, kuchga 
kirish sanasi 16.05.2006). 
«Nazorat qiluvchi organlar tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini 
tekshirishlarni tashkillashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashining 
qarori (№1712, qabul qilingan sana 03.09.2007, kuchga kirish sanasi 13.09.2007). 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunchilik me’yorlarida tekshirish turlari, ularni 
o‘tkazish tartibi, tekshirish o‘tkazish uchun lozim bo‘lgan hujjatlar, tekshirish 
o‘tkazish muddatlari va tekshirish natijalarini rasmiylashtirish kabi masalalar batafsil 
o‘rnatib qo‘yilgan.
1

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling