O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Uchinchi mavzu: Ma’muriy tekshirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

 
Uchinchi mavzu: Ma’muriy tekshirish
1
 
 
Umumiy tavsifi 
Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, an’anaviy ma’muriy huquq nazariyasida 
ma’muriy tekshirish tadqiqot obyekti sifatida olinmagan. Chunki ma’muriy 
tekshirishga alohida bir ma’muriy faoliyat sifatida emas, balki boshqa ma’muriy 
faoliyat, ayniqsa, ma’muriy individual akt (individual qaror)ni chiqarish uchun kerak 
bo‘ladigan bir bosqich sifatida qaralgan.
2
Shuning uchun ma’muriy tekshirishni 
alohida mavzu shaklida o‘rganish lozim bo‘lmagan. Ya’ni ma’muriy tekshirish 
1
Muallifning ushbu mavzuga oid magistrlik dissertatsiyasi mavjud. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi: «O‘zbekiston 
Respublikasida tadbirkorlik subyektlari tekshirishlarini huquqiy tartibga solishning muammolari: Yaponiyada mavjud 
bo‘lgan tekshirishlar tushunchasi hamda tartib-taomiliga qiyosan» (Himoya Yaponiyaning Nagoya universiteti Huquq 
fakultetida 2010-yili bajarilgan. Asl nusxa yapon tilida yozilgan bo‘lib, Nagoya universiteti Huquq fakulteti 
kutubxonasida saqlanmoqda); bundan tashqari, ingliz tilida ham ushbu mavzuga oid maqola mavjud (Ne’matov J. 
Problems of the legal control of the administrative inspection in Uzbekistan: a comparative analysis with Japan. 
Outlook of the Uzbek youth studying in Japan on issues of Law. Economy and International relations (September 23 – 
24, 2010. Nagoya, Japan). TDYI, 2010. – P.45 – 55). 
2
Masalan, Bernard Schwartz va Roberto L. Corrada o‘z kitobida shunday deydi: «Information is the fuel on which the 
administrative engine operates. Whithout it agencies would be unable to exercise their substantive powers of 
rulemaking and adjudication intelligently». Ya’ni ma’muriy organlar faoliyatining asosini axborot yig‘ishsiz (ma’muriy 
tekshirish axborot yig‘ish tarzida ta’riflanmoqda) tasavvur qilish qiyin. Axborot yig‘ishsiz (ma’muriy tekshirishsiz) 
to‘g‘ri individual qaror (akt) qabul qilish qiyinligi ta’kidlanmoqda. Ya’ni bundan ma’muriy tekshirish oxir-oqibat 
individual qaror (akt) qabul qilish uchun kerakligi tushuniladi (Bernard Schwartz, Roberto L. Corrada Administrative 
Law: a casebook. Fifth edit. Aspen Publishers. 2001. – P.147). 


77 
huquqiy (huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi) harakat emas, balki faktik harakat 
sifatida baholangan.
1
Bundan tashqari, ma’muriy harakatni ma’muriy huquq predmeti 
sifatida tadqiq qilishda ham qiyinchilik mavjud bo‘lgan. Chunki ma’muriy huquqning 
eng asosiy masalasi ma’muriy organlar faoliyatini huquqiy tartibga solish va buzilgan 
huquqlarni tiklash hisoblanadi. Lekin ma’muriy tekshirish o‘zi mustaqil ma’muriy 
faoliyat sifatida mavjud bo‘lishdan ko‘ra ko‘proq ma’muriy faoliyatning boshqa 
ko‘rinishlari tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’muriy 
tekshirishning o‘zi uning adresatiga nisbatan hech qanday huquqiy oqibatni 
to‘g‘ridan to‘g‘ri vujudga keltirmaydi, natijada adresat (jismoniy yoki yuridik shaxs
2

tomonidan uning huquq va erkinliklari, qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga 
daxl qilingani haqida fikr yuritish yuridik sharhlash texnikasi jihatidan mumkin 
bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, ma’muriy tekshirish natijasida adresatga qandaydir 
huquqiy ta’sir chorasi yoki boshqa ko‘rinishdagi huquqiy oqibatning vujudga kelishi 
yuz berishi va yuz bermasligi mumkin. Avvalo, ma’muriy organning bu haqdagi 
to‘xtamini kutish lozim. Hali hech qanday aniq ma’muriy individual akt (qaror) 
bo‘lmasdan huquqlar buzilgani haqida so‘z yuritish qiyin. Negaki hali hech qanday 
huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanishi haqida qaror chiqqani yo‘q. Bundan tashqari, 
qandaydir huquqiy ta’sir chorasi yoki boshqa ko‘rinishdagi huquqiy oqibatning 
vujudga kelish faktining o‘ziyoq ma’muriy tekshirishning huquqiy ahamiyat kasb 
etishi mumkinligini bildirmaydi. Chunki ma’muriy organ o‘z qarori (individual 
ma’muriy akti)ni qabul qilishda nafaqat o‘tkazilgan tekshirishlar, balki taqdim etilgan 
hisobotlar, boshqa organlardan olingan hujjatlar va boshqa turli-tuman faktorlarni 
ham hisobga oladi. Bu esa ma’muriy tekshirishda mavjud bo‘lgan qandaydir huquqqa 
zid xatti-harakat bor yoki yo‘qligining o‘ziyoq ma’muriy aktning yuridik kuchiga 
ta’sir o‘tkazishini anglatmaydi. Fikrning davomini O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
xo‘jalik sudi tomonidan shu sohada qabul qilingan qarorni o‘rganish bilan keyingi 
qismlarda davom ettiramiz. 
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib ma’muriy tekshirishni ma’muriy huquqda 
1
Ma’muriy harakat yo‘naltirilgan adresat uchun hech qanday huquqiy oqibat vujudga keltirmay, bor-yo‘g‘i ma’lum bir 
xatti-harakatni aks ettiruvchi fakt sifatida qaralgan. 
2
Ushbu mavzu doirasida fuqaro tushunchasi ichiga adresat tushunchasi kiritilgan holda qo‘llanilgan (agar yuridik shaxs 
sifatida alohida ta’kidlangan bo‘lmasa).


78 
o‘rganish kerak emas ekan-da degan xulosa kelib chiqadimi? Aslo yo‘q. Zamonaviy 
ma’muriy huquqda masalaning boshqa tomoniga ham e’tibor berila boshlandi. Ya’ni 
ma’muriyat o‘z faoliyati davomida agarda ma’lum bir o‘rnatilgan tartib-taomil 
(reglament)larga bo‘ysunmaydigan bo‘lsa, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
buzishi, oqibatda ularga zarar yetkazishi mumkinligi ta’kidlana boshlandi. Shu 
nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda, garchi ma’muriy tekshirish huquqiy tabiatiga 
ko‘ra mustaqil huquqiy oqibat yuzaga keltirmaydigan ma’muriy harakat bo‘lsa-da, 
ma’muriy tekshirish davomida fuqarolarning huquq va erkinliklari buzilishining 
oldini olish maqsadida ma’muriy tekshirishni ma’muriy huquqning o‘rganish obyekti 
sifatida tadqiq qilish muhimligi tan olina boshladi. Masalaning yana bir tomoni 
shundaki, AQSh ma’muriy huquqining asosiy prinsiplaridan biri «due process of 
law» degan prinsipdir. Ushbu prinsipga ko‘ra, ma’muriyatning har bir protsessual 
faoliyati adolatli va to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Ushbu nuqtayi nazar ham ma’muriy 
tekshirishni istalgan shaklda amalga oshirish emas, balki «due process of law» degan 
prinsip doirasida, asosida shakllantirish, tashkil etish, amalga oshirish zarurligini 
taqozo qiladi.
1
Yuqoridagi fikrlar bekordan bekorga aytilgani yo‘q. Ma’muriy tekshirishning 
o‘ziga xos huquqiy tabiatini tushunmasdan turib uni ma’muriy huquq obyekti sifatida 
tadqiq qilish noto‘g‘ri amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun mavzuning keyingi 
qismlarida yuqorida yuritilgan fikrlar asosida ma’muriy tekshirishning huquqiy 
tartibga solinishida qanday jihatlarga e’tibor berish zarurligini unutmasligimiz kerak 
bo‘ladi. 
Ma’muriy tekshirishning ta’rifi turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Erkin 
Hojiyev ma’muriy tekshirish (davlat tomonidan nazorat)ni «Davlat boshqaruvida 
qonuniylik va intizomni ta’minlash» bobida ko‘rib chiqqan.
2
Bu holatga boshqa 
o‘zbek olimlarining asarlarida ham duch kelish mumkin.
3
Ta’kidlash o‘rinliki, sovet 
1
Garchi ma’muriy tekshirish mustaqil tarzda hech qanday to‘g‘ridan to‘g‘ri huquqiy oqibat vujudga keltirmasa-da. 
2
Hojiyev E.T. Ma’muriy huquq: Kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 2-nashri. – 
Toshkent: ILM ZIYO, 2010. – B.271 – 321. 
3
Алимов Х.Р., Соловьева Л.И. и др. Административное право Республики Узбекистан: Учебник для юрид. 
вузов. – Тошкент: Адолат, 1999. – С.343 – 348. 


79 
davri kitoblarida ham ma’muriy tekshirish (nazorat, kontrol) «Davlat boshqaruvida 
qonuniylik va intizomni ta’minlash» sifatida qaralgan.
1
Lekin rivojlangan davlatlarda ma’muriy tekshirish bu – ma’muriy organlarning 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling