O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Huquqiy tabiati va turlari 
Arai Ryuichining ta’kidlashicha, ma’muriy tekshirishlar fundamental inson 
huquqlari (mulk huquqi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish erkinligi, tinch 
hayot tarziga bo‘lgan huquq, turarjoy daxlsizligi huquqining kafolatlanishi, 
shuningdek, insonning shaxsiy huquqlari, insonning shaxsiy hayoti daxlsizligi 
huquqi)ni buzishi (daxl qilishi) yoki boshqacha tarzda tahdid solishi mumkinligi 
ehtimoli yuzasidan adekvat (tegishli) huquqiy tartibga solish (huquqiy kontrol 


83 
(nazorat) ostiga olish) zaruriyatini keltirib chiqaradi.
1
Ma’muriy tekshirish turli xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin: kameral 
nazorat, ixtiyoriy ma’muriy tekshirish, bilvosita majburiy ma’muriy tekshirish va 
hokazo. Ma’muriy tekshirishning yuqorida ko‘rsatilgan yashirin xavflari ma’lum bir 
davlatlarda namoyon bo‘lish ehtimolining darajasi va boshqa faktorlarga ko‘ra 
umumiy tarzda ikki xil tarzda tartibga solinadi. Birinchisi, ma’muriy tekshirishni 
o‘tkazish tartibi, o‘tkazish vakolatiga ega bo‘lgan davlat xizmatchilari, vakolatlari, 
tekshiriluvchi adresatlarning huquq va majburiyatlari kabi masalalar alohida qonunlar 
shaklida umumiy va maxsus normalar tarzida o‘rnatib qo‘yilishi mumkin. Masalan, 
O‘zbekiston shu toifadagi davlatlarga kiradi. Ikkinchisi, ma’muriy tekshirishni 
tartibga soluvchi alohida qonun shaklida emas, balki har bir ma’muriy organning 
vakolatini belgilab beruvchi qonunlarda va alohida sohalar bo‘yicha qonunlarda 
ma’muriy tekshirish haqida bir yoki bir necha umumiy me’yorlarni belgilash bilan 
cheklanadi, tekshirish tartibi va boshqa detallarni tartibga soluvchi me’yorlarni 
o‘rnatmaydi. Bu toifadagi davlatlarga Yaponiya kiradi. Masalan, Yaponiyada 
ma’muriy tekshirishlar bo‘yicha quyidagi me’yorlar mavjud: 
1. 
Ma’muriy tekshirish obyektini tanlash ma’muriy tekshirishni 
o‘tkazmoqchi bo‘lgan tekshiruvchi shaxs (davlat xizmatchisi)ning ratsional 
tanlovi asosida amalga oshiriladi.
2
2. 
Ma’muriy tekshirish o‘tkazish haqidagi xabarnoma (ma’muriy 
tekshirish joyi, kuni, sababi va hokazo) ham majburiy hisoblanmaydi va qoida 
tariqasida tekshiruvchining diskretsiyasi (ixtiyori) asosida amalga oshiriladi.
3
3. 
Ma’muriy tekshirishni boshlashdan avval tekshiruvchi tomonidan 
shaxsini tasdiqlovchi guvohnoma ko‘rsatilishi shart. 
4. 
Ma’muriy tekshirishda tekshiruvchi davlat xizmatchilarining 
suiiste’molliklari oldini olish maqsadida tekshirish oldidan majburiy tarzda 
1
Arai Ryuichi. «Zeihou・Kenryoku・Nouzeisha» Keibundou. 1970. – P.259. 
2
Yaponiya Oliy sudi Shouva 48, 10-iyul qarori (Yaponiyada O‘zbekiston Respublikasiga o‘xshash muvofiqlashtiruvchi 
kengash mavjud emas. Tekshirishni amalga oshirmoqchi bo‘lgan davlat xizmatchisi qoida tarzida erkin va ratsional 
tanlov asosida tekshirishni o‘tkazishi mumkin – muallif izohi). 
3
Yaponiya Oliy sudi Shouva 48, 10-iyul qarori (Yaponiyada tekshirishning o‘tkazilishi haqida xabardor qilish yoki 
qaysidir gazeta, jurnalda keyingi kvartal, yilda rejalashtirilayotgan tekshirish obyektlarini e’lon qilish amaliyoti mavjud 
emas – muallif izohi). 


84 
sud sanksiyasini olish amaliyotini joriy qilish kerakligi ba’zi bir olimlar 
tomonidan aytilsa-da, qonunchilikda sud sanksiyasi talab qilinishi haqida 
me’yor mavjud emas. 
5. 
Yaponiya ma’muriy tekshirishlarining alohida farqli jihatlaridan 
biri shundaki, deyarli barcha soha maxsus qonunlarida «ma’muriy tekshirishni 
jinoiy tergov (yoki tergov) maqsadlarida foydalanish mumkin emas»ligi 
(taqiqlanishi) o‘rnatib qo‘yilgan. 
6. 
Ma’muriy tekshirish o‘tkazish vaqti haqida O‘zbekiston 
qonunchiligiga o‘xshash bo‘lgan me’yorlar (kun chiqichidan oldin va 
botishidan keyin tekshirish o‘tkazish mumkin emas, tekshiriluvchining 
roziligi bo‘lgan hollar bundan mustasno) o‘rnatib qo‘yilgan. 
Lekin O‘zbekistonda ma’muriy tekshirishlar ma’muriy organlarning alohida va 
muhim ma’muriy faoliyati sifatida baholanganligi hamda ma’muriy tekshirishlar turli 
ko‘rinishdagi huquqiy ta’sir choralarini ko‘rishda asos bo‘lishi, ma’muriy 
tekshirishlarning mustahkam huquqiy asoslari va adresatlarning huquqiy kafolatlarini 
o‘rnatilmaydigan bo‘lsa, turli xil suiiste’molliklar va qonunchilik normalarini barcha 
adresatlarga bir xil tarzda qo‘llashda muammo yuzaga kelishi mumkinligi va boshqa 
sabablarga ko‘ra maxsus qonunchilik regulyatsiyasiga ega. Buni quyida O‘zbekiston 
Respublikasida ma’muriy tekshirishning huquqiy asoslari qismida ko‘rib chiqamiz.
1

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling