O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob jo‘natadi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

qonunchilikning aniq normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob jo‘natadi. 
Inspeksiya tomonidan texnik shartlarni berish rad etilishining asoslanganligi 
o‘rganiladi. 
Rad etishning asossizligi aniqlangan taqdirda 
inspeksiya hujjatlarni 
foydalanuvchi tashkilotga qaytaradi, u ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish 
masalasini 3 ish kuni mobaynida hal etishi shart. 


106 
Rad etish asoslangan taqdirda inspeksiya rad etish kunidan keyingi kundan 
kechikmay bu to‘g‘rida arizachiga yozma ravishda xabar qiladi. Bunda arizachining 
roziligiga ko‘ra texnik shartlar uchun parametrlar o‘zgartirilishi mumkin. 
Texnik shartlarni berishning rad etilishi yuzasidan arizachi qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan tartibda shikoyat qilishi mumkin. 
Uchinchidan, ma’muriy organlar yolg‘iz o‘zida mavjud bo‘lgan asoslarga tayanib 
qaror chiqarishidan ko‘ra ma’muriy protsedura orqali yanada asosliroq qaror 
chiqarishga imkon tug‘iladi. Ya’ni ma’muriy protsedurada taraflarning fikr va 
dalillari, manfaatdor shaxslarning fikr va dalillarini ham taqdim etishga huquqiy 
jihatdan kafolat mavjud bo‘ladi, shu asosda chiqarilgan ma’muriy qarorlar ko‘p va 
har tomonlama o‘rganilgan asoslarga egaligi uchun yanada asosliroq qaror 
hisoblanish imkoni ortadi. Shuningdek, ushbu hollarda har bir taqdim etilgan dalil va 
fikr-mulohazalarni batafsil o‘rganish, shu asosda ishdagi holatlarga huquqiy baho 
berish kafolatlanadi hamda ma’muriy organlarning ma’muriy diskretsiyasi yuzasidan 
qaror qabul qilishda ratsionallik, obyektivizm kafolatlanadi. Qolaversa, ma’muriy 
protseduralar orqali, ma’muriy qaror qabul qilish yuzasidan xususiy shaxslar orasida 
qarama-qarshilik mavjud bo‘lganida ham manfaatlarni muvozanatga keltirishdagi 
ratsionallik, adolat ta’minlanadi.
To‘rtinchidan, ma’muriy protseduralar ma’muriy qaror chiqarilgunga qadar 
bo‘lgan bosqichda amalga oshirilgani sababli asossiz, noqonuniy ma’muriy qarorlar 
chiqarilishining oldi olinadi, shu orqali adresat (fuqaro)larning huquq, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. To‘g‘ri, asossiz yoki noqonunniy 
ma’muriy qarorlar qabul qilinganida bunday qarorlar ustidan ma’muriy yoki sud 
tartibida shikoyat qilish orqali ham buzilgan huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlar 
himoya qilinishi mumkin. Shuningdek, ma’muriy protseduralar ma’muriy 
organlarning ishlash jarayonini sekinlashtiradi, ma’muriy organlarning samaradorligi 
va moslashuvchanligini pasaytiradi degan fikrlar ham mavjud. Lekin, ochig‘ini aytish 
joizki, hozirgi huquqiy mexanizmlar asosida buzilgan huquq, erkinlik va qonuniy 
manfaatlar himoya qilinishini to‘la kafolatlab bo‘lmaydi. Chunki sud protsessida 
ma’lum bir ma’muriy qarorning asossiz, noqonuniy ekanligini isbotlash uchun juda 


107 
ko‘p vaqt, dalillar va huquqiy asoslar, shuningdek, moddiy va protsessual 
qonunchilik bilan o‘rnatilgan turli xil me’yorlarning amalga oshirilishi talab qilinadi. 
Bundan tashqari, toki sud yoki ma’muriy organning qarori chiqqunicha 
fuqarolarning, adresatning huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlari buzilib turgan 
holatda bo‘ladi.
1
Ma’muriy protsedura haqidagi qoidalarni turli xil uslubda o‘rnatsa bo‘ladi. 
Masalan, har bir ma’muriy sohadagi maxsus qonunlarning ichida ma’muriy-
protsessual qoidalarni o‘rnatish mumkin. Shuningdek, ko‘pgina rivojlangan davlatlar 
tajribasida yagona umumiy ma’muriy protseduralar haqidagi qonun qabul qilish usuli 
ham qo‘llanilmoqda.

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling