O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) mohiyati
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) mohiyati
1 Qarang: Ҳожиев Э., Ҳожиев Т. Маъмурий ҳуқуқ: Бакалавриатнинг 5380100 – Юриспруденция йўналиши талабалари учун дарслик / Масъул муҳаррир ю.ф.д., проф. М.Х.Рустамбаев. – Тошкент, 2006. – Б.635 – 636. 104 Ma’muriy protsess haqida umumiy ma’lumot bilan bir qatorda uning mohiyati va ahamiyatini bilish ham zarur. Igor Tsayning ta’kidlashicha, sud protsessi ko‘pgina davlatlarda va davrlarda nisbatan batafsil tarzda protsessual normalar bilan huquqiy tartibga solib kelingan. Lekin ma’muriy organlarning faoliyatini protsessual jihatdan huquqiy tartibga solish negadir ko‘pchilik hollarda paysalga solinadi yoki zarur deb topilmaydi. Buning sababi sifatida ma’muriy sohada ma’muriy organlarga operativlik (tezkorlik) va ma’muriy erkinlik (boshqaruvdagi erkin harakatlana olish)ning kerakligi ta’kidlanadi. Igor Tsay o‘z fikrining davomida bunday qarashning xatoligini quyidagicha izohlaydi. Birinchidan, huquqiy davlatda ma’muriy organlar qonun asosida faoliyat yuritishi talab qilinadi. Shuning uchun ma’muriy organlar faoliyati protsessual jihatdan ham huquq normalari bilan tartibga solinishi lozim bo‘ladi. Ikkinchidan, ma’muriy protseduralar bilan amalga oshiriladigan huquqiy reglamentatsiya (tartibga solish) ma’muriy organlar faoliyatini mushkullashtirishga, siqishga, og‘irlashtirishga sabab bo‘lmasligi kerak. Ma’muriy protsedurani ratsional (oqilona) muvozanat asosida joriy etish xuddi mana shu asosdan kelib chiqadi. Uchunchidan, ma’muriy protseduraning joriy etilishi davlat boshqaruvi sohasidagi ko‘pgina xato va kamchiliklarni protsessual normalarning joriy etilish yo‘li bilan sekin-asta yo‘qolishiga (oldi olinishiga) xizmat qilar edi. 1 Ma’muriy protsedura (jarayon, tartib-taomil)ning funksiyalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 2 Birinchidan, ma’muriy protsedura ma’muriy qarorlarning demokratik legitimligini ta’minlash, kafolatlashga xizmat qiladi. Ma’muriy qarorlarning demokratik legitimligi, avvalo, qonunlarga muvofiq amalga oshiriladigan ma’muriy qarorlarda aks etadi. Lekin juda ko‘p hollarda ma’muriy organlar tomonidan chiqariladigan qarorlar faqatgina amaldagi qonunlarni boricha ijro etish bilan cheklanmaydi. Chunki ko‘pincha qonunlar juda mavhum va umumiy xarakterga ega bo‘ladi, shuning uchun ma’muriy organlar keng doiradagi ma’muriy 1 Qarang: Хамедов И.А., Хван Л.Б., Цай И.М. Административное право Республики Узбекистан. Общая часть. – Тoшкент, 2012. – С.407 – 408. 2 Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi» Yuuhikaku. 2007. – P.280 – 281. 105 diskretsiya (xohish, iroda)ga ega bo‘ladilar. Shu asosda qaror chiqaradilar. Mana shunday hollarda faqatgina qonun orqali umumiy jihatdan o‘sha sohaning tartibga solinganligi bilangina bu sohadagi ma’muriy faoliyatni amalga oshirishda legitimlikning mavjud bo‘lishi haqida fikr yuritish noo‘rin. Mana shunday hollarda demokratik davlatdagi ma’muriyatga qo‘yiladigan talablardan biri sifatida ma’muriy qarorlarda xalq fikr-irodasining aks ettirilishi lozimligi keltirib o‘tiladi va buni amalga oshirish vositasi sifatida ma’muriy protseduraning huquqiy jihatdan kafolatlanishi aytiladi. Ikkinchidan, ma’muriy protseduralar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra ma’muriy organlarning yanada jiddiyroq faoliyat yuritishi, ma’muriy organlarning mas’uliyatini oshirishga xizmat qiladi, kafolatlaydi. Ma’muriy protseduraning bunday funksiyasi «asoslangan javobning yozilishi»da va boshqa jarayonlarda ham namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357- son «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga 1-ilova tarzida tasdiqlangan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomning 49-bandiga ko‘ra: 49. Foydalanuvchi tashkilotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan texnik shartlarni 3 ish kuni mobaynida berishadi. Foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan texnik shartlarni berish bepul amalga oshiriladi. Texnik shartlarni berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda foydalanuvchi tashkilotlar 3 ish kuni mobaynida inspeksiyaga asoslangan rad etish va Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling