O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Rivojlangan davlatlarda ma’muriy protseduraning huquqiy tartibga


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Rivojlangan davlatlarda ma’muriy protseduraning huquqiy tartibga 
solinishi 
Ma’muriy protsedura haqidagi qonun ilk bora AQShda vujudga kelgan bo‘lib, 
quyida ushbu mamlakatdagi ma’muriy protseduraning umumiy jihatlariga alohida 
to‘xtalib o‘tiladi. 
Ma’muriy protseduraning ahamiyati ko‘pgina jihatlarda namoyon bo‘ladi: 
fuqarolar ma’lum bir protsedura asosida o‘z ishining ko‘rilishi, natijada ma’muriyat 
bilan munosabatlarning muvozanatlashuvi, shuningdek, ma’muriy huquqning 
ko‘pgina prinsiplariga amal qilinishiga erishiladi (4.1-ilovaga qarang). Ma’muriyat 
tomonidan ko‘plab ma’muriy harakatlar amalga oshiriladi va bularning qaysilariga 
nisbatan ma’muriy protseduralar tadbiq etilishini aniqlash muhim (4.2-ilovaga 
qarang). Ma’muriy protsedura taraflarni ko‘rib chiqiladigan ish yuzasidan xabardor 
qilishdan boshlanib to qaror chiqarishgacha bo‘lgan turli bosqichlarni o‘z ichiga oladi 
(4.3-ilovaga qarang). Ma’muriy protsedurada eng muhim protsedura taraflarning 
tinglanishi hisoblanadi (4.4-ilovaga qarang). 
1
Shibaike Yoshikazu. «Gyouseihousouronkougi» Yuuhikaku. 2007. – P.280 – 281. 


108 
Rossiyada ham ma’muriy protsedura haqida ko‘plab fikrlar aytilgan bo‘lsa-da, 
ammo bu qonunchilikda hali-hanuz o‘z ifodasini topmagan (4.5-ilovaga qarang). 
Ma’muriy protseduraning eng muhim bosqichi – taraflarning tinglanishi taraflarni 
xabardor qilish, ishga doir hujjatlar bilan taraflar ham tanishish imkoniga ega 
bo‘lishi, shuningdek, taraflarga o‘z fikrini aytish imkoniyatini berish kabilarni 
qamrab oladi (4.6-ilovaga qarang). 
 
AQSh 
AQShda ma’muriy protseduraning asosi AQSh Konstitutsiyasining V va XIV 
o‘zgartirishlarida namoyon bo‘ladi (4.7-ilovaga qarang). AQShda ma’muriy 
protsedura to‘g‘ri protsedura – due process asosida o‘rganiladi (4.8-ilovaga qarang). 
AQSh Konstitutsiyasida due process prinsipi insonning hayoti, erkinligi va mulkiga 
daxl qiladigan har qanday ma’muriy harakatlarga tatbiq etilishi nazarda tutiladi. 
Ammo ma’muriy harakatlarning inson hayotiga daxl qilishi juda kam uchraganligi 
sababli asosiy e’tibor va nazariy izlanishlar inson erkinliklari hamda mulkiga har 
qanday shaklda daxl qiladigan ma’muriy harakatlarning due process prinsipi asosida 
amalga oshirilishiga qaratilgan. Due process prinsipi asosida vujudga kelgan 
ma’muriy protseduralarning asosiy g‘oyasi ma’muriy qarorning adresatiga ish 
yuzasidan uning dalil va vajlarini tinglash imkonini taqdim etish, boshqacharoq 
aytganda, «tinglanish huquqi» bilan ta’minlashda ko‘rinadi. Ta’kidlash joizki, 
adresatning ma’lum bir huquqiy manfaatlariga nisbatan ham due process prinsipini 
tatbiq etsa bo‘ladi, shu ma’noda due process prinsipi adresatning huquq va 
erkinliklari bilan birga uning huquqiy manfaatlarini ham himoya qiladi (4.9-ilovaga 
qarang). Mulkiy huquqlarga daxl qilish turli shakllarda bo‘lishi mumkin, aynan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri mulk huquqiga daxl qilinishinigina emas, turli asosli, qonuniy 
manfaatlarni ham himoya qilishni nazarda tutadi (4.10-ilovaga qarang). Insonning 
erkinligiga daxl qilinishida ham faqatgina insonning ozodlikdan mahrum etilishi 
kabilarnigina emas, balki keng ma’noda ma’muriy harakat natijasida insonning 
ma’lum bir erkinliklariga daxl qilinishi kabi holatlarni tushunish lozim (4.11-ilovaga 


109 
qarang). Ta’kidlash joizki, insonning erkinliklari va mulk huquqiga daxl qiladigan 
har qanday holda ham due process prinsipi tadbiq etilavermaydi, buning ba’zi talab 
va istisnoli holatlari mavjud (4.12-ilovaga qarang). Shu o‘rinda ma’muriy qaror qabul 
qilinishi natijasida daxl qilishi mumkin bo‘lgan huquq va manfaatning xarakteri 
hamda due process prinsipi tadbiq etilishi natijasida ma’muriy organlarning ishga 
qanchalik to‘sqinlik qilishiga qaraladi. Mana shu muvozanat asosida due process 
prinsipini tatbiq etish yoki etmaslik masalasi ko‘rib chiqiladi. Zero, ma’muriy 
qarorning adresat huquq va manfaatlariga daxl qilish xarakteriga ko‘ra ahamiyati 
unchalik yuqori darajada bo‘lmagan ishlarga nisbatan ham due process prinsipini 
tatbiq qilish ma’muriy organlarning faoliyatiga ortiqcha yuk bo‘ladi va ularning 
qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ma’lum bir ma’muriy harakat 
yuqorida ta’kidlangan huquq va manfaatlarga daxl qiladigan harakat deb topiladigan 
bo‘lsa, ularga nisbatan due process prinsipi tatbiq etiladi. Quyida mana shu haqda 
fikr yuritiladi (4.13-ilovaga qarang).
Due process prinsipining ilk protsessual bosqichi taraflarning xabardor qilinishi 
va ularning fikrini tinglashda namoyon bo‘ladi (4.14-ilovaga qarang). Due process 
prinsipining keyingi protsessual bosqichi taraflarga sud tartibiga o‘xshagan tartibda 
fikrini tinglash imkoniyatini taqdim etishda ko‘rinadi (4.15-ilovaga qarang). Due 
process prinsipining yana bir protsessual bosqichi taraflarning maslahatlashuv 
huquqida namoyon bo‘ladi (4.16-ilovaga qarang). Due process prinsipining muhim 
asoslaridan biri qaror chiqaruvchi (ma’muriy organ yoki mansabdor shaxs)ning xolis 
bo‘lishidadir (4.17-ilovaga qarang). Due process prinsipining oxirgi protsessual 
bosqichi ma’muriy qaror (akt)ning chiqarilishida tegishli faktik holatlar va huquqiy 
asoslar, qarorni asoslantiruvchi dalil va sabablar to‘la, yetarli darajada 
asoslantirilishida ko‘zga tashlanadi (4.18-ilovaga qarang).
Due process prinsipi turli ko‘rinishlarda amalga oshirilishi mumkin. Shulardan 
eng muhimi va protsessual talablar eng yuqori darajada kafolatlanadigani formal 
adjudication (rasmiy qaror chiqarish protsedurasi) (4.19-ilovaga qarang) deb ataladi. 
Gap shundaki, ma’muriy harakatlar turli xil xarakterda bo‘ladi va amaliyotda bunday 
harakatlar yuzasidan chiqariladigan ma’muriy qaror (akt)larning hammasiga nisbatan 


110 
ham due process prinsipining barcha talablarini qo‘llash imkonsiz. Chunki due 
process prinsipining barcha talablarini amalga oshirish ko‘p vaqt va resurslarni talab 
qiladi. Bu esa ma’muriyatning faoliyat yuritishiga, qonuniy vazifa va funksiyalarini 
amalga oshirishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bois formal adjudication, ya’ni 
rasmiy qaror chiqarish protsedurasini har qanday ishlarga nisbatan emas, balki 
adresatning eng muhim huquq va qonuniy manfaatlariga daxl qiladigan ma’muriy 
ishlarga nisbatan qo‘llashga e’tibor berish zarur.
1

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling