O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
Раздел 2 Формальные слушания. (Статьи 15–28) Раздел 3 Предоставление возможности для пояснения и опровержения. (Статьи 29–31). 1 Глава 2 Решения по Заявлениям 2 Глава 3 Неблагоприятные решения 3 Раздел 2: Формальные Слушания 4 Раздел 3: Предоставление возможности для пояснения и опровержения 112 Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuniga ko‘ra, ma’muriy organlarga ariza bilan murojaat qilinadigan turli sohadagi litsenziya va ruxsatnomalarni berish kabi ma’muriy ishlarda qonunda ko‘rsatilgan umumiy me’yorlarni yanada batafsil tartibga soladigan, litsenziya va ruxsatnomalarni berish talablari, shartlari va boshqa standartlarini o‘rnatib qo‘yadigan yo‘riqnoma (instruksiya)larning qabul qilingan bo‘lishi (agar qonun normalarini yanada batafsil o‘rnatib qo‘yishga zarurat bo‘lsa va bunday instruksiyalarni qabul qilish qandaydir zarar keltirib chiqarmasa) ma’muriy protseduraning bir sharti sifatida talab qilinadi. Qolaversa, bunday yo‘riqnoma (instruksiya)lar mazmunan tushunarli, batafsil bo‘lishi hamda xususiy shaxslar erkin tanisha olishi uchun e’lon qilingan bo‘lishi lozim. Mazkur protsessual talablarning o‘rnatilishi ariza bilan murojaat qilgan shaxsda ma’lum bir litsenziya va ruxsatnomalarni olish uchun avvaldan qanday xatti- harakatlarni amalga oshirish zarurligi va topshirilgan ariza yuzasidan qanday javob berilishini aniqlashtiradi hamda ma’muriy organlarning o‘zboshimcha qarorlarini kamaytiradi. Albatta, bunday yo‘riqnoma (instruksiya)lar har qanday shaxs uchun erkin tanisha olinadigan, ochiq bo‘lishi lozim. 1 Arizalar yuzasidan ish yurituv bo‘yicha qabul qilinadigan arizani rad etish to‘g‘risidagi qarorda rad etish sabablari ko‘rsatilishi Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni xususiy shaxslar taqdim qilgan arizalar yuzasidan ish yurituv bo‘yicha qabul qilinadigan arizani rad etish to‘g‘risidagi qarorda rad etish sabablarini ko‘rsatish majburiyatini ma’muriy protseduraning zaruriy sharti, talabi sifatida o‘rnatib qo‘ygan (8-, 14-moddalar). Bunday talab o‘rnatilganligining asosiy sabablari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Birinchidan, ma’muriy organ taqdim qilingan ariza bo‘yicha rad javobini berishda rad etish asoslari aniq ko‘rsatib o‘tilishi ma’muriy organlar asossiz, o‘zboshimcha qarorlar chiqarishining oldini oladi, to‘g‘ri va chuqur o‘ylab, mas’uliyat bilan yondashgan holda qaror chiqarishni ta’minlaydi (o‘zboshinmcha (asossiz) qarorlarning oldini olish). 1 Sowa T., Yamada H., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.126 – 127. 113 Ikkinchidan, qarorning adresatiga yuqori turuvchi organ yoki sudga shikoyat qilishi uchun kerakli dalil va asoslarni ta’minlab beradi (shikoyat bilan murojaat qilish imkoniyatining amaldagi kafolati). 1 Xususiy shaxslar ma’muriy organlarga ma’lum bir sohada tegishli litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat yoki boshqa ko‘rinishdagi huquqiy ahamiyatga ega ma’muriy aktlarni amalga oshirishlari uchun ariza bilan murojaat qilganida bunday arizaga rad javobini berishning asoslarini keltirib o‘tish katta ahamiyatga ega. Avvalo, ma’muriy organ xususiy shaxsning ma’lum bir masala yuzasidan keltirgan arizasiga oddiygina qilib rad javobini berishi to‘g‘ri protsedura (due process) prinsipiga mos kelmaydi. Xususiy shaxs o‘z arizasining nima sababdan, qanday huquqiy asoslar va dalillar (faktik asoslar)dan kelib chiqib rad etilganligini bilishni istaydi. Natijada qarorni chiqargan organ, yuqori turivchi organ yoki sudga ushbu masala yuzasidan o‘z arizasining qanday asoslardan kelib chiqib rad etilganligini bilish maqsadida qayta murojaat qiladi. Davlat organlarining bir masala yuzasidan bajaradigan ishi ko‘payadi, ortiqcha kuch va resurs sarflanadi. Eng asosiysi, xususiy shaxs ovora bo‘ladi, qarorning asosli yoki asossiz ekanligini bilolmaydi, to‘g‘ri qaror qabul qilingan yoki yo‘qligiga ishonch hosil qilmaydi. Ma’muriy organlarning faoliyatida oshkoralik, shaffoflikni ta’minlash uchun ma’muriy organlar qarorlari asoslantirilgan bo‘lishi va xususiy shaxslarga ham bunday asoslarni taqdim etish zarur, bu ma’muriy protsedura asoslaridan kelib chiqadigan talabdir. Demak, arizalar yuzasidan ish yurituv bo‘yicha qabul qilinadigan arizani rad Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling