O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
Protsessual xatolarning (huquqiy) oqibati
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura)
Protsessual xatolarning (huquqiy) oqibati Biz Yaponiya ma’muriy protsedurasi va uning talablari bilan qisqacha tanishib chiqdik. Ushbu protsessual qoidalar buzilgan taqdirda ma’muriy qarorlarning yuridik taqdiri qanday bo‘ladi, protsessual xatolar qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi degan savol tug‘iladi. Albatta, bu savol juda murakkab va ko‘p qirrali. Lekin umumiy qoida sifatida aytadigan bo‘lsak, Yaponiyada protsessual xatoning xarakteri, bunday xato chiqarilgan qarorning mazmuniga qanchalik ta’sir etish- etmasligidan kelib chiqib har bir holatda alohida-alohida hal qilinadi. Lekin eng muhim protsessual talablarda qilingan xatolar to‘g‘ridan to‘g‘ri chiqarilgan ma’muriy qarorning bekor bo‘lishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlab o‘tish o‘rinli. 118 Jumladan, qaror chiqarilishining (huquqiy, faktik) asoslarini ko‘rsatmaslik qo‘pol protsessual xato bo‘lib, chiqarilgan ma’muriy qarorning bekor bo‘lishiga olib keladi. 1 Yuqorida Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonunining tegishli moddalariga ilovalar keltirib o‘tildi. Ta’kidlash joizki, turli davlatlarda «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi qonunchilik turli xil ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Lekin asosiy prinsip va tartiblar o‘xshash. Shuning uchun O‘zbekistonda «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi qonunchilikni ishlab chiqishda Yaponiya tajribasini ko‘rsatib o‘tish maqsadida tegishli moddalar ilovada to‘liq matnda keltirildi. 2 O‘zbekistonda ma’muriy tartib-taomillar (ma’muriy protsedura) Ma’muriy tartib-taomil (protsedura) deb ma’muriy organlarning ma’muriy ishlarni qo‘zg‘atish, ko‘rib chiqish va mazkur ishlar bo‘yicha qaror qabul qilishga doir faoliyati belgilangan tartibiga aytiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi davlat organlari hamda fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli moddalarning umumiy mazmunidan kelib chiqsak, davlat organlari o‘z faoliyatida fuqarolarning huquq va manfaatlarini yetarli ifoda etishi zarurligi, ma’muriy organlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning asoslangan bo‘lishi, fuqarolarga tushunarli va tegishli tartib-qoidalar asosida amalga oshirilishi zarurligini anglashimiz mumkin. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 19-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va davlat bir-birlariga nisbatan bo‘lgan huquq va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emasligi belgilangan. 1 Sowa T., Yamada Y., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.139 – 141. 2 Qonunning to‘liq matnini ko‘rish uchun 4.21-ilovaga qarang. 119 Shuningdek, Konstitutsiyaning 35-moddasida: «Har bir shaxs bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart», – deyilgan. Konstitutsiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’muriy protsedura yoki ma’muriy tartib- taomillar degan so‘zlar mavjud bo‘lmasa-da, Konstitutsiya va qonunlarimizning umumiy mazmunidan «fuqarolarning huquq va erkinliklari belgilangan tartib asosidagina cheklanishi mumkin»ligini anglash mumkin. Shundan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklari «belgilangan tartib asosida», boshqacha aytganda, due process, ya’ni protsessual jihatdan ham to‘g‘ri tashkil etilgan tartib (protsedura) asosida amalga oshirilishini aytish o‘rinli. Ma’muriy protsedura to‘g‘risida qonunchilik hali O‘zbekiston Respublikasida yo‘q. Lekin Yaponiya (JICA), AQSh, Germaniya (GTZ) tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish dasturi doirasida 2007-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasi (bundan keyin 2007-yil Qonun loyihasi deb yuritiladi) mavjud. Mana shu qonun loyihasining ba’zi bir jihatlari haqida quyida fikr yuritiladi. 1 Ma’muriy protsedura qonuniylik, ma’muriy organlarning faoliyati haqidagi ma’lumotlarga akses, ma’muriy organlar faoliyatida ochiqlik va tenglik kabi prinsiplarga asoslanadi. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling