O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish
-modda. Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish shakllari va turlari
Download 1.64 Mb. Pdf ko'rish
|
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-modda. Ma’muriy hujjatga qo‘yiladigan talablar
15-modda. Ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish shakllari va turlari
Ma’muriy ishlarni ma’muriy organlarda ko‘rib chiqish yakka tartibda mansabdor shaxs tomonidan yoki kollegial shaklda amalga oshirilishi mumkin. Ma’muriy ishlarni ma’muriy organlarda ko‘rib chiqish ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqish tartib-taomillarining quyidagi turlari qo‘llanilgan holda amalga oshirilishi mumkin: 1) ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartib-taomili (bundan buyon matnda soddalashtirilgan tartib-taomil deb yuritiladi); 2) ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishning oddiy tartib-taomili (bundan buyon matnda oddiy tartib-taomil deb yuritiladi); 3) ma’muriy ishlarni ko‘rib chiqishning rasmiy tartib-taomili (bundan buyon matnda rasmiy tartib-taomil deb yuritiladi). 2007-yil Qonun loyihasining eng muhim moddalaridan biri 21-modda bo‘lib, unda chiqariladigan ma’muriy qarorga qo‘yiladigan talablar ko‘rsatilgan. 21-modda. Ma’muriy hujjatga qo‘yiladigan talablar Ma’muriy hujjat yozma shaklda tuziladi, tegishli mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi va ma’muriy organning muhri bilan tasdiqlanadi. Ma’muriy hujjatda quyidagilar bo‘lishi kerak: 1 2007-yil Qonun loyihasining 11 – 13-moddalariga qarang. 2 2007-yil Qonun loyihasining 15 – 18-moddalariga qarang. 123 1) u qabul qilingan sana va joy; 2) ma’muriy organning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); 3) ma’muriy hujjat adresati va uchinchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi, agar ma’muriy hujjat adresati yoki uchinchi shaxs yuridik shaxs bo‘lsa, uning nomi va joylashgan yeri (pochta manzili); 4) ma’muriy ishni ko‘rib chiqayotgan mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, ish kollegial organ tomonidan ko‘rilganida esa kollegial organ a’zolarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi; 5) ma’muriy hujjat bilan hal etilayotgan masalaning mohiyati va ma’muriy organning mazkur masala yuzasidan xulosalari; 6) ma’muriy organning qarorga kelish sabablari va ma’muriy organ amal qilgan normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar; 7) agar ma’muriy hujjat muayyan vaqt uchun qabul qilinayotgan bo‘lsa, uning amal qilish muddati; 8) qabul qilingan qaror; 9) ma’muriy hujjat ustidan shikoyat qilish muddati va tartibi. Ma’muriy hujjat uning ajralmas qismi sanalgan ilovalarga ega bo‘lishi mumkin. Bu holda ma’muriy hujjatda bunday ilovalarning ro‘yxati ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy reglamentda ma’muriy hujjatning mazmuniga taalluqli boshqa talablar ham nazarda tutilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda «Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. 1 Ushbu qonun ham mazmun-mohiyatiga ko‘ra ma’muriy protseduralarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan. Lekin ushbu qonun faqat tadbirkorlik sohasidagi ruxsat 1 «Тадбиркорлик фаолияти соҳасидаги рухсат бериш тартиб-таомиллари тўғрисида»ги Ўзбекистон Республикаси Қонуни (ЎРҚ-341-сон, 20.12.2012, кучга кириш санаси 21.06.2013). 124 beruvchi protseduralarni huquqiy jihatdan tartibga solishni ko‘zlagan, fuqarolar adresat bo‘lib qatnashadigan ishlar va tadbirkorlik sohasidagi boshqa turdagi ma’muriy protseduralarga ushbu qonun tatbiq etilmaydi. Shuning uchun O‘zbekistonda «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi umumiy xarakterdagi qonun qabul qilish zarurati mavjud. Shuni ham unutmaslik lozimki, 2007-yil 21-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun loyihasida bir qancha muhim huquqiy me’yorlar o‘z ifodasini topmagan. Masalan, ma’muriy organlarning xolisligi haqidagi huquqiy me’yorlar shular jumlasidandir. Shu bois O‘zbekistonda «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi umumiy xarakterdagi qonun qabul qilishda xalqaro standartlar, ko‘pgina rivojlangan davlatlarning «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi qonunchilik tajribasi va O‘zbekistondagi milliy huquqning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi Qonunning yangilangan loyihasi (bundan keyin 2015-yil Qonun loyihasi deb yuritiladi) ishlab chiqilmoqda. Albatta, ushbu qonun loyihasi hajmi va qamrovi jihatidan ancha takomillashgan. Unda ma’muriy organlarning xolisligi haqidagi huquqiy me’yorlar ham o‘z ifodasini topgan. Qonun loyihasi ancha progressiv hamda amaliyot xodimlariga notanish bo‘lgan yangi terminlarga boy. 2015-yil Qonun loyihasida eshitish protsedurasiga oid me’yorlar ham aks etganini alohida ta’kidlash lozim. Biroq 2015-yil Qonun loyihasida bir qancha xato va kamchiliklar ham yo‘q emas. Jumladan, unda eshitish protsedurasi qanday hollarda o‘tkazilishiga oid aniq me’yorlar o‘rnatilmagan va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda degan umumiy tavsif bilan cheklanilgan. Umid qilamizki, 2015-yil Qonun loyihasining mavjud kamchiliklari uni qayta ishlash jarayonida yana tuzatib boriladi va Oliy Majlis tomonidan yaqin orada qabul qilinadi. Ta’kidlash kerakki, fuqarolik yoki jinoyat ishlari bo‘yicha sud protsessida sud tomonidan ma’lum bir ish yuzasidan qaror chiqarishda protsessual harakatlarni to‘g‘ri amalga oshirish va sud tomonidan o‘zboshimcha qaror chiqarilishining oldini olish, asosli hamda qonuniy qaror chiqarish maqsadida sud protsessual qonunchiligi 125 mavjud. Shundan kelib chiqib ma’muriy organlar qabul qiladigan ma’muriy qarorni chiqarish uchun nega endi ma’muriy harakatlarni protsessual huquqiy tartibga soladigan qonun mavjud bo‘lmasligi kerak degan savol tug‘iladi. Bu savolga ko‘pgina rivojlangan davlatlar ma’muriy protseduralar to‘g‘risidagi qonunchilik bilan ma’muriy organlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni ham protsessual huquq bilan tartibga solish lozim degan javobni berishgan. Shuning uchun O‘zbekistonda «Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida»gi umumiy xarakterdagi qonun qabul qilish bugungi kunning talabidir. Download 1.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling