O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

etish to‘g‘risidagi qarorda rad etish sabablari ko‘rsatilishi zarur. Bunda ikki jihat 
nazarda tutilishi lozim. Birinchisi, rad etishning aniq va batafsil huquqiy asosi, 
ikkinchisi, qanday dalil (fakt)lar asosida rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul 
qilinganligi.
Ish yuzasidan qaror qabul qilish muddatlarining qonun bilan o‘rnatilishi
2
 
1
Sowa T., Yamada Y., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.126 – 128. 
2
Sowa T., Yamada Y., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.130 – 131. 


114 
Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasida arizalar 
yuzasidan ish yurituvning umumiy (standart) muddatlarini belgilash zarurligi o‘rnatib 
qo‘yilgan. Shuningdek, qonunning 7-moddasiga ko‘ra, ariza ma’muriy organga kelib 
tushgan kundan zudlik bilan arizani ko‘rib chiqishni boshlash talab qilinadi. Bunday 
norma amaliyotda arizaning ko‘rib chiqilishida umumiy, formal talablarga javob 
beradigan arizalarning barchasini ko‘rib chiqish muddati qachondan boshlanishiga 
aniqlik kiritadi. 
Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni arizalar yuzasidan ish 
yurituv bo‘yicha boshqa talablarni ham o‘rnatgan. Masalan, uchinchi shaxslarning 
ham huquq va manfaatlariga ta’sir qiladigan masalalar yuzasidan (jamoaviy) ochiq 
tinglov 
majlislari 
o‘tkazish 
belgilab 
qo‘yilgan 
(10-modda). 
Bunda 
loyihalashtirilayotgan qandaydir zararli chiqindilar chiqaradigan zavod-fabrikalar 
yaqinida yashaydigan aholining ushbu masala yuzasidan fikrini eshitish nazarda 
tutiladi.
Istalmagan qarorlar yuzasidan ish yurituv (istalmagan qarorlarning chiqarilish 
protsedurasi) 
Istalmagan qaror adresat (xususiy shaxs)ga nisbatan unga ma’lum bir majburiyat 
yuklaydigan yoki qandaydir huquqini cheklaydigan qarordir. Istalmagan qaror 
chiqarish protsedurasi ham yuqorida tushuntirilgan arizalar yuzasidan ish yurituvning 
protsessual talablariga ko‘p jihatdan o‘xshash. Jumladan, istalmagan qaror 
chiqarishda 
ham 
bunday 
qarorni 
chiqarish 
yuzasidan 
tegishli 
idoraviy 
yo‘riqnomalarning qabul qilingan bo‘lishi va e’lon qilinishi ma’muriy protsedura 
talabi sifatida qonunning 12-moddasida belgilab qo‘yilgan. Albatta, bunday 
yo‘riqnomalarda ma’muriy organlar qanday hollarda va qanday asoslarda istalmagan 
qaror chiqarishlari mumkinligi iloji boricha aniq belgilanishi zarur. 
Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joizki, istalmagan qaror chiqarish bo‘yicha 
yo‘riqnomalarni e’lon qilishning arizalar yuzasidan ish yurituvning protsessual 
talablaridan farqli, o‘ziga xos jihatlari mavjud. Qanday noqonuniy xatti-harakatlari 
uchun xususiy shaxslarga istalmagan qaror chiqarilishi mumkinligi (ya’ni litsenziya, 


115 
ruxsatnoma va boshqa hujjatlarning bekor qilinishi, to‘xtatilishi) idoraviy 
yo‘riqnomalarda aniq belgilab qo‘yilsa va bunday yo‘riqnomalar e’lon qilinadigan 
bo‘lsa, ba’zi bir xususiy shaxslar tomonidan suiiste’molliklarga yo‘l qo‘yilishi, ya’ni 
bunday qoidalarni chetlab o‘tish va soxtalashtirish, yashirish kabi harakatlar sodir 
etilishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi bir sohalarning xususiyatidan kelib chiqib 
oldindan idoraviy yo‘riqnomada istalmagan qaror chiqarishning barcha asoslarini 
birma-bir belgilab qo‘yish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi. Mana shu ikki asosdan 
kelib chiqib agar istalmagan qaror chiqarish bo‘yicha idoraviy yo‘riqnomani
chiqarish maqsadga muvofiq emas deb topilsa, bunda istalmagan qaror chiqarish 
yuzasidan tegishli idoraviy yo‘riqnomalarning qabul qilingan bo‘lishi va e’lon 
qilinishi ma’muriy-protseduraviy talab sifatida amalga oshirilmasa ham bo‘ladi. 
Bunday asoslar mavjud bo‘lmasa, idoraviy yo‘riqnomalar qabul qilinishi va e’lon 
qilinishi shart.
1
Istalmagan qaror chiqarilishi protsedurasining ikkinchi protsessual talabi qabul 
qilinadigan qarorda tegishli qaror chiqarish sabablarining ko‘rsatilishidir. Bu haqda 
Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonunining 14-moddasida tegishli 
qoida belgilangan, uning mazmuni «Arizalar yuzasidan ish yurituv bo‘yicha qabul 
qilinadigan arizani rad etish to‘g‘risidagi qarorda rad etish sabablari 
ko‘rsatilishi»ga o‘xshashdir. 
Eshitish protsedurasi 
Istalmagan qaror chiqarilishi protsedurasining uchunchi protsessual talabi 
taraflarning fikr (vaj)larini eshitishdir. Ushbu protsedura ikki ko‘rinishda bo‘lishi 
mumkin: a) og‘zaki fikr bildirish asosida amalga oshiriladigan tinglash (eshitish) 
protsedurasi; b) yozma tartibda taqdim etiladigan vaj (e’tiroz, fikr)larni bildirish 
protsedurasi.
Og‘zaki fikr bildirish asosida amalga oshiriladigan tinglash (eshitish) 
protsedurasi qonunda ko‘rsatilgan hollarda oldindan xabardor qilish va ish yuzasidan 
adresatning fikrini eshitish asodida amalga oshiriladi. Bunday protsedurani 
1
Sowa T., Yamada Y., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.133 – 134. 


116 
boshqacha qilib formal (rasmiy) eshitish protsedurasi deb ham atash mumkin.
1
Og‘zaki fikr bildirish asosida amalga oshiriladigan tinglash (eshitish) protsedurasi 
quyidagi protseduralarni o‘z ichiga oladi
2

A) avvalo, formal eshitish protsedurasi o‘tkazilishidan ratsional muddat 
oldin taraf xabardor qilinishi talab etiladi. Ushbu xabarnomada kimga nisbatan 
va qanday mazmundagi istalmagan qaror chiqarilishi rejalashtirilayotganligi, 
bunday qarorning huquqiy asoslari, qarorning chiqarilishiga sabab bo‘lgan 
faktlar nimadan iborat ekanligi, eshitish protsedurasi qachon va qayerda 
o‘tkazilishi ko‘rsatib o‘tiladi (15-modda); 
B) bevosita formal eshitish protsedurasi qoida tarzida yopiq tarzda 
o‘tkaziladi (20-modda). Formal eshitish protsedurasida 3 tomon qatnashadi: 
formal eshitish protsedurasida raislik qiluvchi, qaror kimga nisbatan 
chiqarilayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs (taraf yoki adresat) va qarorni chiqarayotgan 
xodim. Formal eshitish protsedurasining boshida qanday mazmundagi 
istalmagan qaror chiqarilishi rejalashtirilayotganligi, bunday qarorning huquqiy 
asoslari, qarorning chiqarilishiga sabab bo‘lgan faktlar nimadan iborat ekanligi 
tushuntirib o‘tiladi. Shundan so‘ng ish bo‘yicha taraf hisoblangan xususiy shaxs 
yoki protsesga taklif qilingan boshqa manfaatdor shaxslar (protsess 
ishtirokchilari) tomonidan ish yuzasidan tegishli dalil, hujjatlar taqdim etilishi 
va fikrlar bildirilishi mumkin (16 – 17-moddalar). Shuningdek, ish bo‘yicha 
taraf raislik qiluvchining ruxsati bilan qarorni chiqarayotgan xodimga savol 
berish huquqiga ega (savol berish huquqi) (20-modda). Tarafda formal eshitish 
protsedurasi tugaguniga qadar muddatda ishga taalluqli bo‘lgan hujjatlar bilan 
tanishish huquqi ham mavjud (18-modda);
C) formal eshitish protsedurasi yakunida uning natijalari yuzasidan raislik 
qiluvchi tegishli ish bayonnomasini hamda hisobotini qarorni chiqaradigan 
1
Protsessual tabiatiga ko‘ra sud protsessiga o‘xshab ketgani uchun bunday og‘zaki fikr bildirish asosida amalga 
oshiriladigan tinglash (eshitish) protsedurasi formal eshitish protsedurasi deb ataladi. 
2
Sowa T., Yamada Y., Watari T. Gendai Gyouseihou Nyuumon (dai 2 han). Yuuhikaku. 2011. – P.134 – 135. 


117 
ma’muriy organga taqdim etishi shart. Ma’muriy organ o‘z qarorini chiqarishda 
formal eshitish protsedurasi yuzasidan tayyorlangan bayonnoma va hisobotda 
ko‘rsatib o‘tilgan raislik qiluvchining ish yuzasidan xulosasini yetarli darajada 
inobatga olishi zarur (24 – 26-moddalar). 
Yozma tartibda taqdim etiladigan vaj (e’tiroz, fikr)larini bildirish 
protsedurasi 
Formal 
eshitish 
protsedurasiga 
nisbatan 
yengilroq 
qaror 
chiqarilishi 
rejalashtirilayotganida yozma tartibda taqdim etiladigan e’tiroz (fikr) bildirish 
protsedurasi amalga oshiriladi (13-modda). Yozma tartibda taqdim etiladigan e’tiroz 
(fikr) bildirish protsedurasi qoida tarzida faqat yozma tartibda tarafning ish yuzasidan 
o‘z vajlari, fikr-e’tirozlarini bildirishi shaklida kechadi.
Ta’kidlash joizki, Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni barcha 
ma’muriy sohalarni va ulardagi barcha protseduralarni qamrab olmaydi. Qonunning 
3-moddasida bu haqda tegishli qoidalar o‘rnatib qo‘yilgan, misol uchun, parlament 
yoki sud tomonidan qabul qilinadigan qarorlar Yaponiya «Ma’muriy protsedura 
to‘g‘risida»gi Qonunining amal qilish doirasiga kiritilmaydi. 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling