O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

Yaponiya 
Ma’muriy organlar o‘z faoliyatini qonunchilikda o‘rnatilgan to‘g‘ri va adolatli 
protseduralar orqali amalga oshirishlari talab qilinadi. Mana shu to‘g‘ri protsedura 
prinsipi deb ataladi. AQShda ushbu prinsip «due process» (of law) deb ataladi. Unga 
ko‘ra, ma’muriy faoliyat ham o‘zining huquqiy jihatdan tartibga solingan protsessual 
qoidalariga ega bo‘lishi va bu qoidalar to‘g‘ri, adolatli bo‘lishi talab qilinadi. To‘g‘ri 
protseduraning mazmuni quyidagilarda ko‘rinadi: 1) xususiy shaxslarga nisbatan 
biror ma’muriy qaror chiqarish oldidan bunday qaror loyihasini va uning asoslarini 
adresatga xabar qilish; 2) ushbu ish yuzasidan ma’muriy organlarda mavjud bo‘lgan 
ma’lumotlarni ochish, oshkor qilish; 3) xususiy shaxsning fikrini tinglash; 4) xususiy 
shaxsga nisbatan qabul qilingan ma’muriy qarordan xabardor qilish va ushbu qarorda 
uning asoslari (motivatsiyalangan asoslari, sabablari)ni ko‘rsatish; 5) ma’muriy 
qarorlarni qabul qilish uchun asos bo‘ladigan idoraviy ichki yo‘riqnoma 
(standart)larni o‘rnatish va ularni fuqarolarga e’lon qilish.
2
Yaponiyada ma’muriy protseduralar «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonun 
bilan huquqiy jihatdan tartibga solinadi.
3
Yaponiya «Ma’muriy protsedura 
1
AQShning ma’muriy protsedura to‘g‘risidagi qonuni to‘liq matnini ko‘rish uchun 4.20-ilovaga qarang. 
2
Ichihashi Katsuya hen. «Akchuaru Gyouseihou» Houritsubunkasha. 2010. – P.32. 
3
Закон «Об административной процедуре Японии». Закон №88 от 1993 г. (вступил в силу 12 ноября 1993 г.) 
ГЛАВА 1 Общие положения.(Статьи 1–4) 
ГЛАВА 2 Решения по Заявлениям.(Статьи 5–11) 
ГЛАВА3 Неблагоприятные Решения 
Раздел 1 Общие правила.(Статьи 12–14) 


111 
to‘g‘risida»gi Qonunining ikkinchi bobi ma’muriy organlarga kelib tushadigan 
arizalarni ko‘rib chiqish protsedurasini huquqiy jihatdan tartibga soladi. Bunday 
arizalar turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, litsenziya yoki tegishli ruxsatnomalar 
olish uchun va hokazo.
1
Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonunining 
uchinchi bobi ma’muriy organlar tomonidan adresat uchun turli ko‘rinishdagi 
yoqimsiz (istalmagan) qarorlar qabul qilish protsedurasini huquqiy jihatdan tartibga 
soladi. Ma’muriy organlar tomonidan berilgan turli litsenziya va ruxsatnomalarni 
bekor qilish, to‘xtatib qo‘yish va boshqalar shular jumlasidandir. Zero, yoqimsiz 
(istalmagan) qarorlar deganda adresatning bunday qarorlarning chiqarilishini 
istamasligini tushunish darkor.
2
Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi 
Qonuni 15–28-moddalarida formal protseduralar haqidagi ko‘pgina muhim huquqiy 
talablar o‘rnatib qo‘yilgan.
3
Qonunning 29–31-moddalarida formal protseduradan 
farq qiladigan adresatga o‘z fikrini bayon etish, qarshi talab va vajlarini bildirish 
protsedurasini taqdim etishning protsessual talablari o‘rnatilgan
4

Yaponiya ma’muriy protsedura qonunchiligining ko‘pgina o‘ziga xos jihatlari 
mavjud bo‘lib, quyida mana shunday protsessual talablarning eng asosiylari bilan 
tanishib chiqamiz. Yaponiya «Ma’muriy protsedura to‘g‘risida»gi Qonuni ma’lum bir 
ma’muriy sohada xususiy shaxslar tomonidan litsenziya va ruxsatnomalar olish kabi 
ma’muriy organlarga qilinadigan murojaatlar hamda arizalar yuzasidan ish yurituv 
(bundan keyin «arizalar yuzasidan ish yurituv» deb ataladi), ma’muriy organlar 
tomonidan xususiy shaxslarga nisbatan amalga oshiriladigan turli istalmagan 
qarorlar yuzasidan ish yurituv kabi ma’muriy protsedurani tartibga soladi. Quyida, 
avvalo, arizalar yuzasidan ish yurituvning protsessual xususiyatlari haqida umumiy 
ma’lumot beramiz. 
Arizalar yuzasidan idoraviy yo‘riqnomalarning qabul qilingan bo‘lishi va e’lon 
qilinishi 
Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling