120
fuqarolar huquqlari va erkinliklarining, shuningdek, yuridik shaxslar qonuniy
manfaatlarining ustuvorligi;
ma’muriy organlarning ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi faoliyati
to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishning erkinligi;
ma’muriy organlarning ma’muriy tartib-taomillar sohasidagi faoliyati
oshkoraligi;
ma’muriy organ tomonidan qabul qilinadigan ma’muriy hujjatlarning asosliligi
va to‘g‘riligi.
2007-yil Qonun loyihasida ma’muriy protseduraning umumiy, maxsus va alohida
protsedurasi kabi turlari ko‘rsatib o‘tilgan.
6-modda. Maxsus va alohida ma’muriy tartib-taomillar
Maxsus ma’muriy tartib-taomillar boshqa qonunlar va ma’muriy reglamentlarga
muvofiq ma’muriy ishni yuritishning ma’muriy organlar faoliyatining ayrim
tarmoqlar, sohalardagi yoki ular faoliyatining ayrim masalalari bo‘yicha o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga oluvchi tartibini belgilaydi. Maxsus ma’muriy tartib-
taomillar qoidalari ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy (hadli) talablarga zid
bo‘lishi mumkin emas.
Qonunlarda nazarda tutilgan alohida hollarda, shu jumladan, favqulodda
vaziyatlar yuz berganida ham ma’muriy organlar alohida ma’muriy tartib-
taomillarini qo‘llashi mumkin. Ma’muriy organlar bajaradigan alohida ma’muriy
tartib-taomillar turlarining ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tasdiqlanadi.
2007-yil Qonun loyihasida ma’muriy protseduraning: 1) ma’muriy organ; 2)
adresat; 3) uchinchi shaxslar kabi ishtirokchilardan iborat bo‘lishi o‘rnatilgan.
121
Ma’muriy protsedura natijasida ma’muriy qaror chiqarish muddati 30 kundan
oshmasligi belgilangan.
1
Do'stlaringiz bilan baham: