O‘zbekiston respublikasida ma’muriy protseduralarni takomillashtirish


) prokurorning huquqiy aktni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi arizasi


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/83
Sana14.05.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1459153
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83
Bog'liq
15.Нематов Ж. Ўзбекистон Республикасида Маъмурий просидураларни такомиллаштириш.-Тошкент2015

3) prokurorning huquqiy aktni g‘ayriqonuniy deb topish to‘g‘risidagi arizasi 
bo‘yicha ishlar (ajratib ko‘rsatishlar muallifniki). 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasida 
ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) nuqtayi nazaridan ma’muriy rejaning 
noqonuniyligini asos qilib to‘g‘ridan to‘g‘ri shikoyat qilish juda qiyin. Chunki 
ma’muriy reja huquqiy tabiatiga ko‘ra individual ma’muriy akt hisoblanmaydi. 
Bundan tashqari, ma’muriy reja uzoq muddatga va kelajakka yo‘naltiriladi. Shuning 
uchun ma’lum bir zarar yoki huquqning real buzilishi (shikoyat qilish momenti 
(payti)da fuqaroning huquqlari buzilib bo‘lgan yoki haqiqatda buzilish fakti mavjud 
bo‘lishi) kelib chiqqanidagina ma’muriy rejaning noqonuniyligini nizolashish 
ahamiyatli bo‘ladi. Ma’muriy reja asosida katta ko‘lamdagi ishlar amalga oshirib 
bo‘linganida, individual fuqaroning huquqlari ma’muriy rejaning qabul qilingan 
dastlabki sanasida emas, balki uning hosilasi sifatida amalga oshirilgan keng 


71 
ko‘lamdagi tadbirlar natijasidan kelib chiqadi. Shu bois ma’muriy rejaning 
noqonuniyligini nizolashish ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Yapon ma’muriy huquq 
olimlari tomonidan ushbu muammo yuzasidan ma’muriy reja asosida keng 
ko‘lamdagi tadbirlar amalga oshirib bo‘lingan va uning oxirgi ko‘rinishi sifatida 
fuqaroning o‘zigagina qaratilgan individual ma’muriy qarorning qabul qilinishini 
kutib o‘tirmasdan (chunki kutib o‘tiriladigan bo‘lsa, yuqorida ta’kidlangan muammo 
yuzaga keladi), fuqaro tomonidan ushbu ma’muriy reja asosida huquqlariga daxl 
qiladigan hollarda ma’muriy yustitsiya (tor ma’nodagisi) tartibida shikoyat qilish 
(nizolashish) mumkinligi o‘rnatilishi lozimligi ta’kidlanadi.
1
Ma’muriy reja asosida davlat kompensatsiyasi to‘lanishi uchun ham umumiy 
qoida sifatida ma’muriy rejaning noqonuniyligi isbotlanishi lozim bo‘ladi. Lekin 
ma’muriy rejaga ishonib fuqaro tomonidan (ma’muriy organ tavsiyasi asosida) 
ma’lum bir xatti-harakatlar (korxona, do‘kon ochilishi va hokazo) amalga oshirilgan, 
lekin ma’muriy reja bekor qilingan yoki o‘zgartiriladigan taqdirda o‘sha fuqaro olishi 
lozim bo‘lgan foydadan mahrum bo‘lsa, yapon olimlari «nisbiy noqonuniylik» 
asosida, ya’ni ma’muriy reja aynan yuqorida ko‘rsatilgan shaxsga nisbatangina 
noqonuniy hisoblanishi asosida davlat kompensatsiyasi undirilishi mumkinligini 
ta’kidlashadi.
2

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling