O‘zbekiston respublikasida metrologiya xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘G‘risida
Download 1.42 Mb.
|
528-sonli qaror
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish
- Bosqichlar Subyektlar
- Tadbirlar Bajarish muddatlari
- Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish QOIDALARI 1-bob. Umumiy qoidalar
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
32. O‘lchash vositalarini qiyoslash ishlarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi. 33. Ushbu Qoidalar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalariga 1-ILOVA O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish SXEMASI
O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalariga 2-ILOVA * O‘lchash vositalarining qiyoslash guvohnomasi shakli 2021-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalariga 3-ILOVA * O‘lchash vositalarining qiyoslash guvohnomasi shakli 2021-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi O‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazish qoidalariga 4-ILOVA Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-avgustdagi 528-son qaroriga 4-ILOVA Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish QOIDALARI 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Qoidalar “Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. 2. Ushbu Qoidalar davlat metrologik tekshiruvi va nazorati tatbiq etilish sohasida qo‘llanadigan yoki qo‘llanishga mo‘ljallangan sinov vositalariga taalluqli. Quyidagi sohalarda qo‘llaniladigan sinov vositalari metrologik attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va yoqilg‘i-energetika resurslarini hisobga olish; soliq, bojxona, savdo-tijorat, pochta va telekommunikatsiya; zaharli, tez alangalanuvchi, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilish; umumiy ovqatlanish mahsulotlarini ishlab chiqarish, realizatsiya qilish va xizmatlar ko‘rsatish; aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan himoya qilish, yong‘in xavfsizligini, suv obyektlarida insonlarning xavfsizligini ta’minlash; sanoat xavfsizligini ta’minlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlashtiriladigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik, kartografik va gidrometeorologik ishlarni bajarish; o‘lchash vositalarini davlat sinovidan, qiyoslashdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish; mahsulotlar va xizmatlar muvofiqligini baholash bo‘yicha ishlarni bajarish. 3. Sinov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazishdan asosiy maqsad joiz og‘ish chegaralarida sinov sharoitlarining xuddi o‘ziday takrorlanish imkoniyatini tasdiqlash va sinov vositasining belgilangan maqsadiga muvofiq foydalanish uchun yaroqliligini aniqlashdan iborat. 4. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi: Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling