O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni


-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik


Download 123.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana07.10.2023
Hajmi123.86 Kb.
#1694807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xavfli moddalar

16-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik
jihatdan tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti


bo’yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi
tomonidan belgilangan
tartibda
o’tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya
tomonidan o’tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish ob’yekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati
organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-
tadqiqot ishlari, sug’urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi
ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari,
shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o’z vakolatlari doirasida xavfli ishlab
chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga
uning o’z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va
holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo’l qo’yilgan
buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotning bu
buzilishlarga yo’l qo’ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik
va uning oqibatlarini tugatish uchun ko’rilgan choralar hamda bunday avariyalarning
oldini olishga qaratilgan takliflar ko’rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan
tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan
foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Download 123.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling