20-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan holda
zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug’urta qilish. Ish beruvchining
javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning
hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun
javobgarlik qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug’urta qilinishi kerak.
Ish beruvchi xavfli ishlab chiqarish ob’yekti xodimlarining hayoti, sog’lig’i va
mol-mulkiga zarar yetkazganlik uchun mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq
javobgar bo’ladi.
21-modda. Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik
uchun javobgarlik
Sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
22-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
23-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti
I. KARIMOV
Do'stlaringiz bilan baham: |