O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni
-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik
Download 123.86 Kb. Pdf ko'rish
|
xavfli moddalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
- 19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
17-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik
jihatdan tekshirish bo’yicha davlat komissiyasini tuzish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo’yicha davlat komissiyasi tuziladi. 18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratining tashkil qilinishi to’g’risidagi ma’lumotlar maxsus vakolatli davlat organiga yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa davlat organlariga taqdim etiladi. 19-modda. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob’yektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to’g’risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi. Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi , uchinchi va to’rtinchi xatboshilarida ko’rsatilgan xavfli moddalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo’q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta’minlash yuzasidan ko’rilgan choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini o’z ichiga olishi kerak. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish ob’yektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanish bilan bog’liq faoliyatga litsenziya olish uchun murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi ma’lumotlar o’zgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari o’zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma’lumotlarning to’liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi. Download 123.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling