taqdirda, ishlarni belgilangan tartibda to’xtatib turishlari;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l
qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo’yicha ishlarni amalga oshirishda
belgilangan tartibda ishtirok etishlari shart.
11-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariyaning kengayib
ketishiga yo’l qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish bo’yicha harakatlarga
tayyorgarlik ko’rishga oid sanoat xavfsizligi talablari
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l
qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga
oshirishi;
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko’rsatishga doir
shartnomalar tuzishi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa o’z avariya-
qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini
tashkil etishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo’l
qo’ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy
mablag’lar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega bo’lishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan
taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga o’qitishi;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda
kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko’maklashish tizimlarini tashkil etishi,
shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: