O’zbekiston respublikasining 2006-yil 26- sentyabrdagi xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’G’risida qonuni


-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini hisobga olish va


Download 123.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana07.10.2023
Hajmi123.86 Kb.
#1694807
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
xavfli moddalar

5-modda. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini hisobga olish va
identifikatsiyalash
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb
yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining davlat reyestrida albatta
hisobga olinadi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini
yuritish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarini identifikatsiyalash O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning
4-


moddasiga
muvofiq amalga oshiriladi.
6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun
hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo’lgan boshqa
davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida qo’llaniladigan texnika qurilmalarini
sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni o’z ichiga oladi.
7-modda. Sanoat xavfsizligi talablari
Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik
hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar
bo’lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini ta’minlaydi.

Download 123.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling