O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi
-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi
Download 1.45 Mb. Pdf ko'rish
|
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar
21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. (21-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini ta’minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‘tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas. (21-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bog‘liq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi. Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi: a) bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar; b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar; v) bojxona to‘lovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida to‘langan tovarlar; g) bojxona to‘lovlari davriy bojxona to‘lovlari shaklida to‘langan tovarlar; Oldingi tahrirga qarang. d) zarur hujjatlar (bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va ma’lumotlar taqdim etilmagan tovarlar; (22-modda ikkinchi qismining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086- son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. j) bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborilgan, shuningdek dastlabki, muvaqqat, to‘liq bo‘lmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan holda tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar; (22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuniga asosan “j” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi) e) bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar. Oldingi tahrirga qarang. Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq bo‘lgan maqsadda foydalanilishi kerak. Mazkur tovarlardan ular shartli chiqarib yuborilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda, berilgan bojxona imtiyozlari bekor qilinib, bojxona to‘lovlarini to‘lash majburiyati tiklanadi. (22-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3- maydan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Agar ushbu moddaning ikkinchi qismi “d” bandida ko‘rsatib o‘tilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki o‘zga usulda boshqa shaxsga o‘tkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi. (22-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi O‘RQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3- maydan kuchga kiradi) Oldingi tahrirga qarang. Tovarlar, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari bo‘yicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi. (22-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 1.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling