O‘zbekiston respublikasining bojxona kodeksi


-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani


Download 1.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet197/211
Sana24.04.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1393920
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211
Bog'liq
20.01.2016. O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi

386-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani
ko‘rib chiqish


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona
reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan
muddatda ko‘rib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish to‘g‘risida yoki kiritishni rad etish haqida qaror
qabul qiladi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini
tekshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatli organlardan
taqdim etilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi qo‘shimcha axborot va hujjatlarni so‘rab olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida yoki kiritish rad
etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi.
387-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish
Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish bo‘yicha choralar qo‘llanilishi
to‘g‘risida qaror qabul qilingan intellektual mulk obyektlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona
qo‘mitasi tomonidan Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona
reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda o‘z rasmiy veb-saytida
vaqti-vaqti bilan e’lon qiladi.
Intellektual mulk obyektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk obyektlarining bojxona
reyestridan chiqarilishi kerak:
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish to‘g‘risidagi
murojaatiga ko‘ra;
ushbu Kodeksning 
385-moddasida 
ko‘rsatilgan hujjatlardagi noto‘g‘ri ma’lumotlar bojxona
organi tomonidan aniqlanganda;
intellektual mulk obyektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda;
intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan
kundan e’tiboran uch yil o‘tgach;
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Apellatsiya kengashining qarori asosida.
(387-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 5-
oktabrdagi O‘RQ-640-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y.,
03/20/640/1348-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini
intellektual mulk obyektlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi
to‘g‘risida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling