54-bob. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
asosida amalga
oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat
organlarining axborot tizimlari bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot
tizimlaridan foydalanishi mumkin.
Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
axborot xavfsizligi
talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari
Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida
yaratiladigan, ishlov beriladigan va to‘plab boriladigan ma’lumotlar bazasini o‘z
ichiga olgan
hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bojxona organlarining ixtiyorida bo‘lgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin
foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonunchilikka muvofiq cheklangan
hollar mustasno.
(379-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: