Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni o‘z
ichiga
oladi:
tovarni jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu
Kodeksning
222-moddasida
nazarda tutilgan choralarni qo‘llamagan holda yetkazib berishni;
tovarni bojxona ombori maqomiga ega bo‘lmagan joylarga joylashtirishni;
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining ko‘chirma
nusxalari
asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni;
bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning
namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonunchilikka muvofiq
boshqa choralarni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
(251-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan, avariyalar yoki yengib bo‘lmas kuch ta’siri
oqibatlarini tugatish uchun zarur bo‘lgan
tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida
yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning,
tirik hayvonlarning, radioaktiv
materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan
tartibda amalga
oshiriladi.
37-bob. Deklaratsiyalash
252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotganda, bojxona
rejimi o‘zgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan
boshqa hollarda bojxona
organlariga deklaratsiyalanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: