O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini yetkazish


Download 349.29 Kb.
bet48/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

100-modda. Davlat budjetini va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarini yetkazish
Davlat budjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining asosiy parametrlari tasdiqlanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
(100-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va davlat maqsadli jamg‘armalarini taqsimlovchi organlar uchun belgilangan daromadlar va xarajatlarning hajmlarini ularning e’tiboriga — o‘n ish kuni ichida yetkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari:
Oldingi tahrirga qarang.
tumanlar va shaharlar budjetlarining daromadlari va xarajatlari hajmlarini, shuningdek ularga tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan beriladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar hajmlarini tumanlar va shaharlar hokimliklari e’tiboriga — uch ish kuni ichida;
(100-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-454-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)
Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlaridan va Toshkent shahrining shahar budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini — bir haftalik muddatda yetkazadi.
(100-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar va shaharlar budjetlari tasdiqlanganidan keyin tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlari tumanlar va shaharlar budjetlaridan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilar e’tiboriga ular uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning hajmlarini bir haftalik muddatda yetkazadi.
(100-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling