O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti


Download 349.29 Kb.
bet49/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

101-modda. O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti qaroriga ko‘ra favqulodda holat sharoitlarida qabul qilinadigan budjetdir.
Ijro etuvchi hokimiyat organlari favqulodda holat sharoitlarida budjet sohasidagi vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi davrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risidagi qarorlarining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining Qoraqalpog‘iston Respublikasining budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari daromadlari va xarajatlari hajmi haqidagi qarorlarining amal qilishi to‘xtatib turiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Davlat budjetining amal qilishi tugatilishi bilan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari parametrlariga aniqlik kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 26-noyabrdagi 1991-yil IV choragi uchun favqulodda budjet ijrosini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 301-sonli qarori.
18-bob. Xarajatlar smetalarini va shtat jadvallarini tuzish hamda tasdiqlash, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
LexUZ sharhi
Qarang: “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2634, 15.12.2014-y.).
102-modda. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini tuzish
Xarajatlar smetalari budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan, yil oylari bo‘yicha taqsimlangan holda:
xarajatlarning birinchi — uchinchi guruhlari bo‘yicha xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratib;
xarajatlarning to‘rtinchi guruhi bo‘yicha xarajatlarning moddalariga ko‘ra ajratmasdan tuziladi.
Xarajatlar smetasiga xarajatlarning moddalari bo‘yicha to‘rtinchi guruh xarajatlari yoyilmasi, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ustuvor ravishda kichik tadbirkorlik subyektlaridan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlarining ro‘yxati bo‘yicha xarajatlar yoyilmasi ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi har bir diplomatik vakolatxonasi va konsullik muassasasi bo‘yicha xarajatlar smetalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan yillik jamlanma xarajatlar smetalari asosida xorijiy va milliy valyutada tuziladi.
(102-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalari ikki nusxada, budjet mablag‘larini taqsimlovchi tasarrufidagi budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar bo‘yicha uch nusxada tuziladi.
(102-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Moliya organlari va budjet mablag‘larini taqsimlovchilar budjet tashkilotlari hamda budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqlidir.
Budjet mablag‘larini taqsimlovchi o‘z tasarrufidagi tashkilotlardan kelib tushgan xarajatlar smetalarini moliya yili uchun budjet mablag‘larini taqsimlovchiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmi doirasida ko‘rib chiqadi va budjet mablag‘larini taqsimlovchining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etiladigan jamlanma xarajatlar smetasini tuzadi.
Xarajatlar smetasining, jamlanma xarajatlar smetasining va ularga doir ilovalarning shakllari, shuningdek ularni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeks 3-moddasining o‘ttiz beshinchi xatboshisi, 103 — 105-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, Moliya vazirining 2014-yil 14-noyabrdagi 74-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1 — 4-boblari.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling