O‘zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 349.29 Kb.
bet46/96
Sana10.02.2023
Hajmi349.29 Kb.
#1185912
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96
Bog'liq
O zbekiston respublikasining budjet kodeksi umumiy qism I bo lim

96-modda. Budjetnoma
Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Budjetnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rta muddatli davr uchun asosiy yo‘nalishlarini;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozini;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyasini;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallarini;
davlat qarzining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tomonidan yoki uning kafolati ostida jalb qilinadigan kreditlarning yillik chegaraviy miqdorini.
(96-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17-bob. Davlat budjeti to‘g‘risidagi Qonunni qabul qilish tartibi
(17-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.
97-modda. Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasini va budjetnomani kiritish tartibi
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnoma:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya bo‘yicha xulosani joriy yilning 5-oktabridan kechiktirmay taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Budjetnoma O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga ham, qoida tariqasida, joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritiladi.
Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi, o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiya, Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e’lon qilinadi.
(97-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 9-dekabrdagi O‘RQ-590-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 349.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling