O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari


Download 284.5 Kb.
bet69/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

161-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortish oqibatlari
Chaqiriluvchi o‘z nomiga yuborilgan sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortsa, uni keltirgan shaxs sudning chaqiruv qog‘oziga yoki boshqa xabarnomaga tegishli belgi qo‘yib, uni sudga qaytaradi. Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoxud boshqa xabarnomani qabul qilib olishdan bosh tortganligi haqidagi belgi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o‘quv muassasasi tomonidan yoki kamida ikki nafar fuqaroning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Chaqiriluvchi sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganligi yoki axborot tizimi orqali elektron tarzda xabardor qilingan shaxsning uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligi ishni muhokama qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156, 162-moddalari, 163-moddaning ikkinchi qismi, 223-moddasi to‘rtinchi qismi.
162-modda. Tegishli tartibda xabardor qilish
Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma shaxsan yoki voyaga yetgan oila a’zolaridan biri, mazkur manzilda yashovchi boshqa shaxs tomonidan olingan, shuningdek sud tomonidan matnli xabarning elektron pochta manzili orqali yoki xabarnomaning qayd etilishini ta’minlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yetkazilganligini tasdiqlovchi hisobot olingan hollarda, agar bunday xabarnoma kelib tushmaganligi yoki kechroq kelib tushganligi isbotlanmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslar tegishli tartibda xabardor qilingan hisoblanadi.
Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma chaqiriluvchi uni olishni rad etganda ham, agar bunday rad etish qayd etilgan bo‘lsa, yetkazilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 156 — 161, 163-moddalari.
163-modda. Ish yuritish vaqtida familiyani, ismni, otasining ismini o‘zgartirish, manzilning o‘zgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish yuritish vaqtida familiyasini, ismini, otasining ismini o‘zgartirganligi, manzili o‘zgarganligi haqida sudga xabar qilishi shart. Bunday xabar mavjud bo‘lmagan taqdirda, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma sudga ma’lum bo‘lgan oxirgi manzil bo‘yicha yuboriladi va, garchi chaqiriluvchi bu manzilda ortiq yashamasa yoki bo‘lmasa ham, u yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Agar ishda ishtirok etuvchi shaxslar telefonlari va fakslari raqamlarini, elektron pochta manzilini sudga ma’lum qilgan bo‘lsa, ish yuritilayotgan vaqtda ularning o‘zgarganligi to‘g‘risida sudni xabardor qilishi kerak.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling