O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish muddati
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 159-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish
- 160-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish
158-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish muddati
Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va sud protsessining boshqa ishtirokchilariga sudga o‘z vaqtida kelish va ishga tayyorlanish uchun yetarli vaqtga ega bo‘lishini mo‘ljallab topshirilishi yoki yetkazib berilishi kerak. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 156-moddasi. 159-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma chaqirilayotgan shaxsga taraf yoki ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxs tomonidan ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha yetkazib beriladi. Agar fuqaro sudga ma’lum qilingan manzilda haqiqatda yashamasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma uning ish yoki o‘qish joyiga yuborilishi mumkin. Sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma aloqa tashkiloti orqali topshirilganligi to‘g‘risida tilxat olish yo‘li bilan yoki xat-hujjat tashuvchi orqali yuboriladi. Sudyaning yordamchisi (katta yordamchisi) ishda ishtirok etuvchi shaxsning roziligi bilan unga ish bo‘yicha chaqirilayotgan boshqa shaxsga topshirish uchun sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani berishi mumkin. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani yetkazib berish vazifasi yuklatilgan shaxs hujjatning ikkinchi nusxasini chaqiriluvchining uni olganligi to‘g‘risidagi imzosi bilan sudga qaytarishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan elektron pochta manzili ko‘rsatilgan taqdirda, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 156, 162-moddalari, 163-moddaning ikkinchi qismi, 213-moddasi, 223-moddasi to‘rtinchi qismi. 160-modda. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani topshirish Fuqaroga sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma sudga qaytarilishi lozim bo‘lgan ikkinchi nusxasiga u topshirilgan vaqtini ko‘rsatgan holda tilxat olib shaxsan topshiriladi. Tashkilot nomiga yo‘llangan sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma tegishli mansabdor shaxsga topshiriladi, u hujjatning ikkinchi nusxasiga imzo qo‘yadi. Agar sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani keltirgan shaxs ish bo‘yicha sudga chaqirilayotgan fuqaroni yashash yoki ish yoxud o‘qish joyida topmasa, sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma ushbu fuqaro bilan birga yashaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga, bo‘lmagan taqdirda esa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yoki ish beruvchiga (ma’muriyatning mansabdor shaxsiga) yoxud o‘quv muassasasiga topshiriladi. Bunday hollarda sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi, ismi, otasining ismini, shuningdek sudning chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnoma yuborilgan shaxsning kimi ekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) yoki egallab turgan lavozimini ko‘rsatishi shart. Sudning chaqiruv qog‘ozini yoki boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi bilan chaqiriluvchiga darhol topshirishi shart. Chaqiriluvchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki ish beruvchi (ma’muriyatning mansabdor shaxsi) yoxud o‘quv muassasasi sud chaqiruv qog‘ozining yoki boshqa xabarnomaning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon kelishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etadi, bu ma’lumotlar tegishincha imzo va muhr bilan tasdiqlanadi hamda guvohlantiriladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 156, 162-moddalari, 163-moddasining ikkinchi qismi, 223-moddasi to‘rtinchi qismi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling