227-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ish to‘g‘risida ma’ruza qilinganidan so‘ng sud da’vogar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, javobgar va uning tarafida ishtirok etayotgan uchinchi shaxsning, shuningdek ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitadi.
Boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida ariza bergan prokuror, shuningdek boshqa shaxslar arz qilgan talablari bo‘yicha tushuntirishlar berish yoki ularni asoslash uchun birinchi bo‘lib so‘zga chiqadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar bir-biriga savollar berishga haqli.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yozma tushuntirishlari va ushbu Kodeksning 76, 83, 103 va 104-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan olingan tushuntirishlar o‘qib eshittiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi birinchi qismi, 39, 40-moddasi birinchi qismi, 43, 48, 49-moddalari, 71-moddasi birinchi qismi, 78-moddasi ikkinchi qismi, 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi ikkinchi xatboshisi, 20-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi, 16-bandi to‘rtinchi xatboshisi, 17-bandi ikkinchi, to‘rtinchi xatboshilari.
228-modda. Dalillarni tekshirish tartibini belgilash
Sud taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning tushuntirishlarini eshitib, guvohlarni, ekspertlarni, mutaxassislarni so‘roq qilish hamda boshqa dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 229, 231, 233, 234, 237, 238, 239-moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |