O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar
-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligining oqibatlari
Download 284.5 Kb.
|
fuqaroolik presesual kodeksi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari
- 223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish
221-modda. Taraflar sud majlisiga uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmaganligining oqibatlari
Taraflar uzrsiz sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmagan taqdirda, agar ularning bittasidan ham ishni o‘zining ishtirokisiz muhokama qilish to‘g‘risida ariza tushmagan bo‘lsa, sud ish muhokamasini keyinga qoldiradi. Taraflar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa, sud arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli. Faqat da’vogar ikkinchi chaqiruv bo‘yicha uzrsiz sabablarga ko‘ra kelmasa, sud javobgarning roziligi bilan arizani ko‘rmasdan qoldirishga haqli. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi 5-bandi, 123-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 25-bandi. 222-modda. Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimonning sud majlisiga kelmaganligi oqibatlari Guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishni kelmagan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yo‘qligida ko‘rish mumkinligi to‘g‘risidagi fikrlarini eshitadi va sud muhokamasini davom ettirish yoki ish muhokamasini keyinga qoldirish haqida ajrim chiqaradi. Agar chaqirilgan guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon sud uzrsiz deb topgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmasa, ularga nisbatan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburlov choralari qo‘llanilishi mumkin. Agar chaqirilgan guvoh ikkinchi chaqiruv bo‘yicha sud majlisiga kelmasa, u sudning ajrimiga binoan majburiy tartibda keltirilishi mumkin. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 57-moddasi, 60-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, 62-moddasi ikkinchi, uchinchi qismlari, 64-moddasi uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 144-moddasi. 223-modda. Ish muhokamasini keyinga qoldirish Sud ish muhokamasini quyidagi hollarda keyinga qoldirishi mumkin: 1) tartib fuqarolar tomonidan ommaviy tarzda buzilganda; 2) raislik qiluvchi tomonidan ogohlantirilganidan so‘ng prokuror yoki advokat uning farmoyishlariga bo‘ysunmaganida; 3) taraflar (uchinchi shaxslar) tomonidan sud majlisidagi tartib buzilganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145-moddasi ikkinchi, uchinich qismlari. 4) o‘ziga sud chaqiruv qog‘ozi yoki boshqa xabarnomalar topshirilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud majlisiga kelmaganda; 5) tegishli tarzda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan biror-biri sud tomonidan uzrli deb topilgan sabablarga ko‘ra sud majlisiga kelmaganda; 6) tegishli tarzda xabardor qilingan taraflar sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmaganda, agar ulardan birortasidan ham sud muhokamasi ularning ishtirokisiz o‘tkazilishi to‘g‘risida ariza kelib tushmagan bo‘lsa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 156, 162, 222-moddalari. 7) sud majlisiga guvoh, tarjimon, ekspert yoki mutaxassis kelmaganda, agar ularning ishtirokisiz ishni ko‘rish imkoni bo‘lmasa; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 222-moddasi. 8) da’vogar ishni javobgarning ishtirokisiz ko‘rishga rozi bo‘lmaganda; 9) qarshi da’vo taqdim etilganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 199, 200-moddalari. 10) sud majlisi yuritishda texnik vositalaridan, shu jumladan videkonferensaloqa tizimidan foydalanilganda texnik nosozliklar kelib chiqqanda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 209-moddasi. 11) qo‘shimcha dalillar taqdim etish yoki talab qilib olish zarur bo‘lganda; LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 72-moddasi uchinchi qismi, 203-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi. 12) ishda ishtirok etish uchun boshqa shaxslar jalb qilinganda yoki boshqa protsessual harakatlar amalga oshirilganda. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 45-moddasi beshinchi qismi, 46-moddasi ikkinchi qismi, 52-moddasi ikkinchi qismi. Sud ishni sud majlisida ko‘rish imkoni bo‘lmagan boshqa hollarda ham muhokamani keyinga qoldirishi mumkin. Sud muhokamasi uni keyinga qoldirish uchun asos bo‘lgan holatlarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddatga, sud muhokamasining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddati doirasida keyinga qoldirilishi mumkin. Sud ish muhokamasini keyinga qoldirganda, keyingi sud majlisining vaqtini belgilaydi, bu haqda hozir bo‘lgan shaxslarga imzo qo‘ydirgan holda e’lon qiladi. Sudga kelmagan va sud protsessida ishtirok etish uchun yangidan jalb qilinadigan shaxslar keyingi sud majlisining vaqti to‘g‘risida ushbu Kodeksning 16-bobida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi. Keyinga qoldirilgan ishni ko‘rish qolgan joyidan davom ettiriladi. Biroq, agar ish ushbu Kodeksning 39-moddasida sanab o‘tilgan yangi shaxslarni jalb qilish sababli keyinga qoldirilgan bo‘lsa, ish muhokamasi boshidan boshlanadi. LexUZ sharhi Qarang: Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 19-bandi. Download 284.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling