O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish


Download 284.5 Kb.
bet101/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

238-modda. Audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish va ularni tekshirish
Xususiy tusga ega bo‘lgan audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish, shuningdek ularni tekshirish chog‘ida ushbu moddaning qoidalari qo‘llaniladi.
Audio- yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish sud majlisi zalida yoki shu maqsad uchun maxsus jihozlangan boshqa xonada, sud majlisi bayonnomasida dalillarning qayta namoyish qilish manbalari belgilari va qayta namoyish qilish vaqti ko‘rsatilgan holda amalga oshiriladi. Shundan keyin sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ular vakillarining tushuntirishlarini eshitadi.
Zarur bo‘lgan hollarda, audio yoki videoyozuvni qayta namoyish qilish to‘liq yoki qisman takrorlanishi mumkin.
Audio- yoki videoyozuvdagi mavjud ma’lumotlarni aniqlash maqsadida sud tomonidan mutaxassis jalb etilishi, shuningdek ekspertiza tayinlanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 95-moddalari.
239-modda. Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish
Sudga olib kelish imkoni bo‘lmagan yozma va ashyoviy dalillar ular turgan joyda ko‘zdan kechiriladi va tekshiriladi. Joyida ko‘zdan kechirishni o‘tkazish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi.
Dalillarni joyida ko‘zdan kechirish sudning butun tarkibi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan, zarur hollarda esa ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarni chaqirgan holda amalga oshiriladi.
Raislik qiluvchi ko‘zdan kechirish joyiga yetib borgach, sud muhokamasi davom ettirilishi to‘g‘risida e’lon qiladi, sud muhokamasi ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo‘yicha olib boriladi. Ko‘zdan kechirish natijalari sud majlisi bayonnomasiga kiritiladi. Bayonnomaga ko‘zdan kechirish paytida tuzilgan yoki tekshirilgan barcha rejalar, chizmalar, suratlar, hisob-kitoblar, hujjatlarning ko‘zdan kechirish vaqtida olingan ko‘chirma nusxalari, yozma va ashyoviy dalillarning videoyozuvlari, fotosuratlari, shuningdek ekspert xulosasi va mutaxassis maslahati ilova qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 98, 102-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 2-oktabrdagi 11-sonli “Fuqarolik ishlarini ko‘rishda sudlar tomonidan dalillarga oid qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 24-avgustdagi 26-sonli “Fuqarolik ishlarini sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandining birinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling