O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet102/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

240-modda. Ekspertni so‘roq qilish
Ekspertning xulosasi sud majlisida o‘qib eshittiriladi, shundan keyin xulosani tushuntirish va to‘ldirish maqsadida ekspertga savollar berilishi mumkin.
Ekspertiza kimning arizasi bo‘yicha tayinlangan bo‘lsa, o‘sha shaxs va uning vakili birinchi bo‘lib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi.
Sudning tashabbusi bilan tayinlangan ekspertga birinchi bo‘lib da’vogar savollar beradi.
Sudya (sudyalar) ekspert so‘roq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 58-moddasi, 60-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, 98-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi to‘rtinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi yettinchi va sakkizinchi qismlari, 23-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 24-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha ekspertiza tayinlash, o‘tkazish va ekspert xulosasiga baho berishda sud amaliyotida kelib chiqadigan ayrim masalalar haqida”gi qarorining 20-bandi ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
241-modda. Mutaxassisni so‘roq qilish
Mutaxassis tomonidan berilgan maslahatni (tushuntirishni) oydinlashtirish va to‘ldirish maqsadida sud majlisida unga savollar beriladi.
Mutaxassis kimning arizasi bo‘yicha chaqirilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs va uning vakili birinchi bo‘lib, keyin esa ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar savollar beradi.
Sudning tashabbusi bilan chaqirilgan mutaxassisga birinchi bo‘lib da’vogar savollar beradi.
Sudya (sudyalar) mutaxassis so‘roq qilinayotganida unga istalgan vaqtda savollar berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 61, 102-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandito‘rtinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling