O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish


Download 284.5 Kb.
bet105/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

249-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilish
Sud ishni mazmunan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha hal qiluv qarorini qabul qiladi.
Sud hal qiluv qarorini O‘zbekiston Respublikasi nomidan qabul qiladi.
Sudning hal qiluv qarori ishning sud muhokamasi tugaganidan keyin darhol qabul qilinadi.
Alohida hollarda, o‘ta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tayyorlash ko‘pi bilan besh kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismini sud ishning muhokamasi tugallangan majlisning o‘zidayoq e’lon qilishi kerak. Ayni vaqtda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishib chiqishi mumkinligini e’lon qiladi. Hal qiluv qarorining e’lon qilingan xulosa qismi sudya tomonidan imzolanadi va ishga qo‘shib qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 247, 248, 250 — 262-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 5-bandi.
250-modda. Hal qiluv qarori qabul qilinishining sir tutilishi
Hal qiluv qarori sudya tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida boshqa shaxslarning hozir bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 247, 249-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 20.12.1996-yildagi “Sud hokimiyati to‘g‘risida”gi 1/60-sonli qo‘shma qarorining 8-bandi.
251-modda. Hal qiluv qarorini qabul qilishda echiladigan masalalar
Sud hal qiluv qarorini qabul qilayotganida dalillarga baho beradi, ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan qanday holatlar aniqlanganligini va qandaylari aniqlanmaganligini, bu ish bo‘yicha qanday qonun yoki boshqa qonun hujjati qo‘llanilishi kerakligini hamda arz qilingan talab qanoatlantirilishi lozimligini yoki lozim emasligini aniqlaydi.
Sud, shuningdek sud xarajatlarini ham taqsimlaydi, hal qiluv qarorini ijro etish muddati va tartibini belgilaydi, boshqa qo‘shimcha masalalarni hal qiladi.
Agar ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yangi holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur bo‘lib qolsa, sud hal qiluv qarorini qabul qilmasdan, sud muhokamasini tiklaydi, bu haqda ajrim chiqaradi. Bunday holda sud muhokamasi faqat qo‘shimcha tekshirish ehtiyoji bo‘lgan holatlar doirasida olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 80, 127, 128. 132, 135, 246, 249, 250, 255-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 16-bandining uchinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 14-sonli “Birinchi instansiya sudi tomonidan fuqarolik protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandi ikkinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling