O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirib berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori


Download 284.5 Kb.
bet108/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

258-modda. Mol-mulkni yoki uning qiymatini undirib berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori
Sud mol-mulkni natura tarzida undirib bergan taqdirda hal qiluv qarorida da’vogarga topshirilishi lozim bo‘lgan mol-mulkning nomini, turgan joyini, agar hal qiluv qarorini ijro etish vaqtida undirib berilgan mol-mulk naqd bo‘lmasa, uning javobgardan undirilishi lozim bo‘lgan qiymatini ko‘rsatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismi yettinchi xatboshisi.
259-modda. Javobgar zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklatadigan hal qiluv qarori
Sud javobgar zimmasiga mol-mulkni yoki pul summalarini olib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklatishni nazarda tutuvchi hal qiluv qarorini qabul qilish chog‘ida, qarorning o‘zida, agar javobgar hal qiluv qarorini belgilangan muddat ichida bajarmasa, da’vogar shu harakatlarni javobgarning hisobidan amalga oshirishga va zarur xarajatlarni keyinchalik javobgardan undirib olishga haqli ekanligini ko‘rsatishi mumkin. Agar mazkur harakatlar faqat javobgar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lsa, sud hal qiluv qarorida uni ijro etish kerak bo‘lgan muddatni belgilab qo‘yadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 11-moddasi birinchi qismi yettinchi xatboshi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 14-bandi sakkizinchi xatboshisi.
260-modda. Hal qiluv qarorining o‘zgarmasligi
Ish bo‘yicha hal qiluv qarori o‘qib eshittirilganidan keyin shu qarorni qabul qilgan sudning o‘zi uni bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli emas, sirtdan ish yuritish tartibida qabul qilingan hal qiluv qarori va yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini bekor qilish bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 20-bandining birinchi xatboshisi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling