O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish


Download 284.5 Kb.
bet111/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

265-modda. Hal qiluv qarorini ijro etish
Sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi, bundan darhol ijro etish hollari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 266 — 269, 446-moddalari.
266-modda. Darhol ijro etilishi lozim bo‘lgan hal qiluv qarorlari
Sudning quyidagi:
1) alimentlar undirish to‘g‘risidagi;
2) xodimga uch oylik ish haqidan ortiq bo‘lmagan ish haqini undirib berish to‘g‘risidagi;
3) mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazilganligi, shuningdek boquvchisi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash uchun to‘lovlar undirish to‘g‘risidagi;
4) mehnat shartnomasi g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan xodimni yoki g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni avvalgi ishiga tiklash to‘g‘risidagi, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risidagi;
5) sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘linmasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi;
6) sudda ishni muhokama qilish vaqtida javobgar da’voni butunlay yoki qisman tan olganligiga qarab, to‘liq yoki qisman qanoatlantirilgan talablar bo‘yicha chiqarilgan hal qiluv qarorlari darhol ijro etilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 170-moddasi uchinchi qismi, 226-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 25-bandi, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 30, 65, 72-moddalari.
267-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga sudning yo‘l qo‘yish huquqi
Sud quyidagi: hal qiluv qarorlari butunlay yoki qisman darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yishi mumkin:
1) da’vogar va javobgar chiqarilgan hal qiluv qaroriga hamda uning darhol ijro etilishiga rozi bo‘lgan hollarda;
2) muallifning intellektual faoliyati natijalaridan foydalanganlik uchun unga haq undirib berish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori;
3) alohida holatlar natijasida hal qiluv qarorining ijrosini kechiktirish undiruvchi uchun ko‘p zarar keltirishi mumkin bo‘lgan yoki ijro etish mumkin bo‘lmay qolgan barcha boshqa ishlar bo‘yicha.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 264 — 266, 268, 446-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 11.09.1998-yildagi 23-sonli “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 29-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 11.12.2013-yildagi 21-sonli “Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 24-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 25-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilgan taqdirda, taraflarning roziligi sud majlisining bayonnomasiga kiritiladi. Agar taraflarning roziligi sud nomiga yuborilgan yozma arizalarda bayon etilgan bo‘lsa, bu arizalar ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi.
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilganida sud da’vogardan sudning qarori bekor qilingan taqdirda, hal qiluv qarorining qaytarma ijrosini ta’minlashni talab qilishi mumkin.
Apellatsiya shikoyati berish (protest keltirish) muddati ichida hal qiluv qarori chiqarilganidan so‘ng hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq ushbu shaxslarning kelmaganligi darhol ijro etish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi masala bo‘yicha sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin. Hal qiluv qarorini darhol ijro etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan berilgan xususiy shikoyat (protest) bu ajrimning ijrosini to‘xtatmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi birinchi, o‘n beshinchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling