O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi


Download 284.5 Kb.
bet112/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

268-modda. Hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Quyidagi hollarda hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
darhol ijro etish natijasida mol-mulkning holati o‘zgarib, hal qiluv qarori bekor qilingan taqdirda, mol-mulkni ilgarigi holatiga keltirish mumkin bo‘lmasa yoki juda qiyin bo‘lsa;
fuqarolarni binodan ko‘chirish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha.
269-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini ta’minlash
Sud darhol ijro etishga qaratilmagan hal qiluv qarorining ijrosini ushbu Kodeksning V bo‘limida belgilangan qoidalar bo‘yicha ta’minlashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 265 — 268-moddalari.
270-modda. Sud hujjatlarining ko‘chirma nusxalarini taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborish
Taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra, sud hujjatining ko‘chirma nusxasi ularga imzo qo‘ydirib topshiriladi yoki pochta orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida yuboriladi.
Sud majlisiga kelmagan taraflarga va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga sud hujjatining ko‘chirma nusxasi u chiqarilgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
231-bob. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish xususiyatlari
2701-modda. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish tartibi
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling