O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish


Download 284.5 Kb.
bet110/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

263-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish
Hal qiluv qarori noaniq bo‘lsa, ishni hal qilgan sud o‘z tashabbusiga yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga, shuningdek hal qiluv qarorini ijro etish zimmasiga yuklatilgan organlar va davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra hal qiluv qarorini uning mazmunini o‘zgartirmagan holda tushuntirishga haqli.
Agar hal qiluv qarori ijro etilmagan va uni majburiy ijro ettirish mumkin bo‘lgan muddat o‘tmagan bo‘lsa, hal qiluv qarorini tushuntirishga yo‘l qo‘yiladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi masala ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Biroq, bu shaxslarning sudga kelmaganligi hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Sud hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqadi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
Hal qiluv qarorini tushuntirish to‘g‘risidagi sudning ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 253-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 24-maydagi 12-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 23-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qarorining 15-bandi birinchi, o‘n to‘rtinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 31-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi.
264-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Sudning hal qiluv qarori, agar uning ustidan shikoyat qilinmagan (protest keltirilmagan) bo‘lsa, apellatsiya shikoyati (protesti) berish muddati o‘tganidan keyin qonuniy kuchga kiradi. Hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda, hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, ishni yuqori instansiya sudi ko‘rib chiqqanidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin taraflar va ishda ishtirok etgan boshqa shaxslar, shuningdek ularning huquqiy vorislari sudga o‘sha asoslar bo‘yicha yangidan o‘sha talablarni arz qilishi, shuningdek sud aniqlagan faktlar va huquqiy munosabatlar xususida boshqa protsessda nizolashishi mumkin emas.
Agar ish sudda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda prokuror yoki davlat boshqaruvi organi, tashkilot yoki ayrim fuqarolarning arizasi bo‘yicha boshlangan bo‘lsa, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ish kimning manfaatini ko‘zlab qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, ana shu shaxs uchun majburiydir. Agar javobgardan davriy to‘lovlarni (alimentlar, sog‘liqqa shikast yetkazilganda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash yoki vafot etganlik bilan bog‘liq to‘lovlar va hokazo) undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin to‘lovlarning miqdoriga yoki muddatini belgilashga ta’sir etuvchi holatlar jiddiy ravishda o‘zgarsa, har bir taraf yangidan ariza berish yo‘li bilan to‘lovlarning miqdori va muddatini o‘zgartirishni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling