O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet133/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

319-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori tegishincha shaxsni psixiatriya statsionariga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253, 317, 318-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 31.08.2000-yildagi “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi Qonuni 30-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarorining 6-bandi yettinchi xatboshisi, 13-bandi to‘rtinchi xatboshisi.
33-bob. Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish
320-modda. Ariza berish
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza sudga mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan yoki uning yashash (turgan) joyidagi sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi tomonidan beriladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ariza mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi joylashgan yerdagi yoki uning yashash (turgan) joyidagi sudda ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 6-bandi, 321 — 323-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 11.05.2001-yildagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 121-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarorining 7, 9, 10-bandlari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling