O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati


Download 284.5 Kb.
bet134/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

321-modda. Arizaning mazmuni va uni berish muddati
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining tibbiy tekshiruvdan va (yoki) davolanishdan bo‘yin tovlayotgan mazkur shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish zarurligi haqidagi xulosasi qabul qilingan kundan e’tiboran bir sutka ichida beriladi. Xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi.
Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limida g‘ayriixtiyoriy tartibda yotishi muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza ushbu muassasa tibbiy komissiyasining shaxsning davolanishda bo‘lgan muassasada yotishi muddatini uzaytirish zarurligi haqidagi xulosasi asosida beriladi. Xulosada davolash o‘tkaziladigan muddat ko‘rsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 11.05.2001-yildagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni 121-moddasi ikkinchi qismi, 122-moddasi uchinchi, to‘rtinchi qismlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 7-bandi ikkinchi xatboshisi, 10, 11-bandlari.
322-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risidagi yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqidagi ish sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish to‘g‘risida yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish haqida ariza berilgan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda sud tomonidan mazkur shaxs dispanser hisobida turgan yoxud davolanayotgan sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining vakili — tibbiy komissiyasi a’zosi, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsning vakili, shuningdek prokuror ishtirokida ko‘rib chiqiladi. Sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan, ishi sudda ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar uning sog‘lig‘i holati imkon bersa, sud majlisiga chaqirilishi mumkin.
Sil kasalligiga qarshi kurash muassasasi vakilining — tibbiy komissiyasi a’zosining, sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxs vakilining sud majlisiga uzrsiz sababga ko‘ra kelmaganligi ishni ko‘rib chiqishga monelik qilmaydi, biroq sud bu shaxslarning kelishini shart deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 233, 240, 245-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 18.09.2015-yildagi “Shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga hamda sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga yotqizish yoki uning ushbu muassasalarda yotishi muddatini uzaytirish bilan bog‘liq fuqarolik ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 14-sonli qarori 12-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling