O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


Download 284.5 Kb.
bet135/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

323-modda. Sudning hal qiluv qarori
Sudning arizani qanoatlantirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori sil kasalligining yuqumli shakliga chalingan shaxsni tegishincha sil kasalligiga qarshi kurash muassasasining ixtisoslashtirilgan bo‘limiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish yoki uning ushbu muassasada yotishi muddatini uzaytirish uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253, 320 — 322-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 11.05.2001-yildagi “Aholini sil kasalligidan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 121-moddasi birinchi qismi, 123-moddasi.
34-bob. Voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya)
324-modda. Ariza berish
O‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o‘zi yashab turgan joydagi sudga o‘zini to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilishni rad etganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud bo‘lganda voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ariza sud tomonidan qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 293-moddasi 7-bandi, 325, 326-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 28-moddasi.
325-modda. Ishni ko‘rib chiqish
Voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ish sud tomonidan arizachi, uning ota-onasi (ulardan biri) yoki farzandlikka oluvchilar (oluvchi) yoki homiy, shuningdek vasiylik va homiylik organining vakili hamda prokuror ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50, 225, 233, 240, 245-moddalari.
326-modda. Sudning voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan hal qiluv qarori
Sud voyaga yetmagan shaxsni to‘liq muomalaga layoqatli deb e’lon qilish to‘g‘risidagi arizani mazmunan ko‘rib chiqib, uni qanoatlantirish yoki rad etish haqida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, o‘n olti yoshga to‘lgan voyaga yetmagan shaxs sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan e’tiboran to‘liq muomalaga layoqatli (emansipatsiya qilingan) deb e’lon qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 249, 251, 253-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi qonuni 12-moddasi o‘n beshinchi xatboshisi, 28-moddasi ikkinchi qismi birinchi, yettinchi xatboshilari, Vazirlar Mahkamasining 22.09.2014-yildagi “Vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik to‘g‘risida”gi Nizomning 32, 33-bandlari, 102-bandi birinchi, yettinchi xatboshilari.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling