O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


IV BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh


Download 284.5 Kb.
bet157/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

IV BO‘LIM. SUD HUJJATLARINI QAYTA KO‘RISh
43-bob. Umumiy qoidalar
373-modda. Sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqida murojaat qilish huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquq va majburiyatlari haqidagi masala sud tomonidan hal etilgan shaxslar sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligini tekshirish haqidagi shikoyat (ariza) bilan qonunda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
Prokuror muayyan ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qat’i nazar, sudning hal qiluv qarori, ajrimi, qarori ustidan o‘z vakolati doirasida protest keltirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 4-moddasi birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi, 39, 50, 374-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 28.12.1998-yildagi 31-sonli “Fuqarolarning sud ishlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil ishda ishtirok etgan-etmaganligidan qat’i nazar, qonuniy kuchga kirgan, mazkur ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarori, ajrim va qaror ustidan shikoyat qilishga haqli, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan nizolar mustasno.
(373-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
374-modda. Sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv qo‘zg‘atish
Sud hujjatining qonuniy, asosli va adolatli ekanligi yuzasidan tekshiruv:
1) qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyati yoki apellatsiya protesti bo‘yicha;
2) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo‘yicha;
3) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati yoki kassatsiya protesti bo‘yicha;
4) birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirgan ajrimi ustidan berilgan xususiy shikoyat yoki xususiy protest bo‘yicha;
5) apellatsiya yoxud kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan hal qiluv qarori, ajrim, qaror ustidan nazorat tartibidagi shikoyat yoki protest bo‘yicha;
6) qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim va qarorni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida berilgan ariza bo‘yicha qo‘zg‘atiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 373-moddaci, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 33-sonli “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlarini apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rish amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 1-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling