O‘zbekiston respublikasining fuqarolik protsessual kodeksi I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-bob. Asosiy qoidalar


-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish


Download 284.5 Kb.
bet188/194
Sana17.06.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1552567
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   194
Bog'liq
fuqaroolik presesual kodeksi

449-modda. Sud tomonidan ijro varaqasini yuborish
Jinoyat sodir qilish natijasida yetkazilgan zararni undirish, alimentlarni undirish, mayib bo‘lganlik yoki sog‘liqqa boshqacha shikast yetganlik, shuningdek boquvchi vafot etganligi natijasida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash, xodim bilan mehnat shartnomasini g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilish yoxud xodimni g‘ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‘tkazishda yoki sudning ishga tiklash to‘g‘risidagi hal qiluv qarorini bajarmaganlikda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslardan pul summalarini undirish, davlat daromadiga pul mablag‘larini undirish hollarida sud o‘z tashabbusiga ko‘ra ijro varaqasini ijro etish uchun yuboradi.
Davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bo‘yicha ijro varaqasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan so‘ng uch ish kuni ichida sud tomonidan qarzdorning joylashgan yeridagi davlat ijrochisiga yuboriladi.
Ijro varaqasi elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6, 446 — 449-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi.
450-modda. Ijro varaqasining yoki sud buyrug‘ining dublikatini berish
Ijro varaqasining yoki sud buyrug‘ining asl nusxasi yo‘qotilgan hollarda, sud hujjatini chiqargan sud undiruvchining yoxud davlat ijrochisining arizasiga ko‘ra, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin.
Dublikat berish haqidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilingan holda sud majlisida ko‘riladi, biroq ularning kelmaganligi dublikat berish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Dublikat berish to‘g‘risidagi ariza bunday ariza sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran o‘n kun ichida sud majlisida ko‘riladi.
Sudning dublikat berish to‘g‘risidagi masalaga doir ajrimi ustidan xususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin.
Xususiy shikoyatda (protestda) xususiy shikoyat (protest) bergan shaxsning yoki uning vakilining telefonlari va fakslari raqamlari, elektron pochta manzili ko‘rsatilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 447-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining 29.08.2001-yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 10.04.2009-yildagi 06/196-sonli “Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori 5-bandi.

Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling