O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

141 -modda. Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish
(141 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
1
1
1
1
1
2
2
08/02/23, 15:24
Стр. 82 из 228


tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683
/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash,
o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va
yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan
Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir
ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan
tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir
ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, o‘sha
harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq
tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda;
g) xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa;
d) og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni
cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
(141 -moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 
03/21/726
/1001-son — 2022-yil
31-yanvardan kuchga kiradi)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling