O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


 -modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

148 -modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l
qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga
ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy
jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan
jazolanadi.
148 -modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda
tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda
jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, —
(148 -modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi
O‘RQ-673-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y.,
03/21/673
/0112-son)
bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari bilan jazolanadi.
(148 va 148 -moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi O‘RQ-603-sonli
Qonuniga 
asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 
03/20/603
/0071-
son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling