O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

146-modda. Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi
qonunchilikni buzish
(146-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683
/0375-son)
08/02/23, 15:24
Стр. 85 из 228


Saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish vaqtida mansabdor shaxslar, siyosiy
partiyalar yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari, tashabbuskor
guruhlar yoki saylov yoxud referendum komissiyalari a’zolari tomonidan ovoz berishning
yashirinligini buzish, saylov yoki referendum hujjatlarini qalbakilashtirish, saylov yoki imzo
varaqalariga soxta yozuvlar kiritish, berilgan ovozlarni ataylab noto‘g‘ri hisoblash —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch
yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir
yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan
jazolanadi.
(146-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 
03/19/586
/4106-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi
Qonunining 
43-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 
103-moddasi
.
147-modda. Saylov huquqining yoki ishonchli vakil vakolatlarining amalga
oshirilishiga to‘sqinlik qilish
Fuqarolarning deputat yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash yoki saylanish,
saylovoldi targ‘iboti olib borish huquqlarini, deputatlikka yoki O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga nomzod shaxsning ishonchli vakillari o‘z vakolatlarini erkin amalga
oshirishlariga, shuningdek fuqarolarning referendumda erkin ishtirok etishlariga zo‘rlik
ishlatish, qo‘rqitish, aldash yoki og‘dirib olish yo‘li bilan to‘sqinlik qilish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
to‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish
ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan
mahrum qilish bilan jazolanadi.
(147-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
32
va 
117-moddalari
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunining 
43-moddasi
,
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 
103-moddasi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling