Xo‘jalik yurituvchi
subyekt
—mulk shaklidan qat’i nazar, korxonalar va tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi fuqarolar.
Chet el valyutasi
—1) tegishli chet el davlatining muomalasida bo‘lgan va qonuniy to‘lov
vositasi hisoblangan, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki
chiqarilayotgan, lekin O‘zbekiston Respublikasining pul belgisi bilan
almashtirilishi lozim bo‘lgan banknot tarzidagi chet el pul belgisi;
2) chet el davlatlarining pul birliklarida va xalqaro hisob-kitob
birliklaridagi schyotlar va omonatlardagi mablag‘lar.
Chet el fuqarosi
—biron bir chet el davlat fuqarosining yuridik maqomiga ega bo‘lgan
shaxs.
Yaqin qarindoshlar
—qarindosh yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar, ya’ni ota-
ona, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand,
shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar,
shuningdek er-xotinning ota-onasi, tug‘ishgan va o‘gay aka-uka va
opa-singillari.
O‘zbekiston
Respublikasi
fuqarosi
—qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi yuridik
maqomiga ega bo‘lgan shaxs.
O‘rtacha
kattalikdagi ekin
maydoni
—250 kvadrat metrdan 1000 kvadrat metrgacha bo‘lgan ekin maydoni.
Qilmish
—harakat yoki harakatsizlik.
Qimor va
tavakkalchilikka
asoslangan boshqa
o‘yin
—o‘yin tashkilotchisi (o‘yin muassasasi) tomonidan bir yoki undan ortiq
ishtirokchilar bilan tasodifga (voqeaga) va (yoki) o‘yin
ishtirokchisining qobiliyati, epchilligi va boshqa sifatlariga bog‘liq
yutuq to‘g‘risida tuzilgan, tavakkalchilikka asoslangan bitimga
muvofiq o‘yin tashkilotchilari va ishtirokchilarining xatti-harakatlari
majmuini nazarda tutuvchi o‘yin, shu jumladan totalizatorlar, kazino,
shuningdek o‘yin avtomatlaridan foydalaniladigan o‘yin.
08/02/23, 15:24
Стр. 225 из 228
Oldingi
tahrirga qarang.
(sakkizinchi bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-711-sonli
Qonuniga
asosan atama bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y.,
03/21/711
/0825-
son)
Do'stlaringiz bilan baham: |