XIV bob. Sudlanganlik
77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati
Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib
chiqadigan huquqiy holatdir.
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs
sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb
hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining
XIII bobi
(“Jazodan ozod qilishning turlari”),
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 528-moddasining
birinchi
va
ikkinchi qismlari
.
Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir
etgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi
munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
78
va
79-moddalari
.
Jazoni o‘tagan, ammo qonunning o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb
hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab
bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan
deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-
sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi
qarori
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-
dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi
qarorining
6
va
7-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli
“Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining
ikkinchi — beshinchi xatboshilari
.
Do'stlaringiz bilan baham: |