O‘zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Jinoyat kodeksining vazifalari va prinsiplari


-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi


Download 1.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/272
Sana18.06.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1567596
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   272
Bog'liq
Jinoyat

79-modda. Sudlanganlikning olib tashlanishi
Agar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab bo‘lganidan keyin unga nisbatan
ma’muriy jazo yoki intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan bo‘lsa, jamoat birlashmasi,
fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organi, jamoa yoki jazoni o‘tab chiqqan shaxsning o‘zi
bergan iltimosnomasiga ko‘ra sud ushbu Kodeksning 
78-moddasida 
nazarda tutilgan
muddatlarning kamida yarmi o‘tganidan keyin uning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu Kodeksning 
178 — 184

185 — 185

189 — 192-moddalarida 
nazarda tutilgan
jinoyatlarni sodir etganlik uchun hukm qilingan shaxslarning sudlanganligi ular davlatga juda
ko‘p zarar yetkazmaganda, ushbu Kodeksning 
78-moddasida
nazarda tutilgan muddatlarning
kamida to‘rtdan bir qismi o‘tganidan keyin sud tomonidan olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-
dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 
13 -bandi
.
(79-modda O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-345-sonli 
Qonuniga
asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 1-modda)
O‘n besh yil va undan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tab chiqqan
shaxslar hamda o‘ta xavfli retsidivistlar, agar ular jazoni o‘tab chiqqanidan keyin o‘n besh yil
mobaynida yangi jinoyat sodir etmasalar, sud ularning sudlanganligini olib tashlashi mumkin.
Ushbu Kodeksning 13-moddasi 
ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan asoslar mavjud
bo‘lgan taqdirda ham sudlanganlik olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 
544-moddasi
.
Sudlanganlik afv etish yoki amnistiya akti asosida ham olib tashlanishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-sonli Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 5-
bandining 
beshinchi xatboshisi
.
 LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-
sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash
bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining 
birinchi

uchinchi

to‘rtinchi xatboshilari

5

7

12
,
13-bandlari
, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar
tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 3-bandi 
yettinchi
xatboshisi
.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling