O‘zbekiston respublikasining konstitutsiyasi


bob. Ommaviy axborot vositalari


Download 55.47 Kb.
bet16/44
Sana05.01.2022
Hajmi55.47 Kb.
#216853
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
Konstitutsiya

bob. Ommaviy axborot vositalari

67-modda.

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.

Senzuraga yo‘l qo‘yilmaydi.

LexUZ sharhi

Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari

to‘g‘risida»gi, «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi va «Jurnalistik faoliyatni himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlariga qarang.

TO‘RTINCHI BO‘LIM. MA’MURIY-HUDUDIY VA DAVLAT TUZILISHI


  1. bob. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi

68-modda.

O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.



69-modda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.



LexUZ sharhi

Viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullarning chegaralarini o‘zgartirish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi.


Download 55.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling